Goal24.uz » Jahon » XXI asrda milliy ligalarda eng ko‘p gol urgan futbolchilar reytingi e’lon qilindi. Undan 2 nafar o‘zbek futbolchisi ham o‘rin oldi

XXI asrda milliy ligalarda eng ko‘p gol urgan futbolchilar reytingi e’lon qilindi. Undan 2 nafar o‘zbek futbolchisi ham o‘rin oldi

Автор: admin

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) XXI asrda milliy ligalarda eng ko‘p gol urgan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.
Unda 2001-yildan 2020-yilgacha bo‘lgan vaqtda urilgan gollar inobatga olindi. Reytingni “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu (462 ta gol) boshqarib bormoqda.
“Barselona” forvardi Lionel Messi esa ikkinchi o‘ringa joylashgan bo‘lib, uning hisobida 451 ta gol bor. Kuchli uchlikni “Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich (379) yakunlab bergan.
Qayd etish joiz, ro‘yxatdan XXI asrda 200 va undan ortiq gol urgan 58 nafar o‘yinchi joy oldi. XX asrdagi urgan gollar bilan qo‘shib hisoblanganda bunday futbolchilar soni 78 nafarni tashkil qildi.
E’tiborlisi, mazkur reytingdan o‘zbekistonlik ikki futbolchi o‘rin oldi. Anvar Berdiyev 65-o‘rinda qayd etildi, u jami 225 ta gol urgan (XX asrda 61, XXI asrda 164). Zafar Xolmurodov esa 200 ta goli bilan (49, 151) 78 futbolchidan iborat reytingga yakun yasagan.
Top-10 lik bilan tanishing:
  1. Krishtianu Ronaldu — 462 ta gol
  2. Lionel Messi — 451
  3. Zlatan Ibragimovich — 379
  4. Luis Suares — 332
  5. Aleksandar Jurich — 304
  6. Ali Ashfak — 287
  7. Robert Levandovski — 285
  8. Samyuel Eto′O — 282
  9. David Vilya — 280
  10. Martin Kamburov — 278
187   

Комментарии
(1)

  1. Rudy 13 января 2021 05:42
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    I was wondering if you ever considered changing the structure of your website?
    Its very well written; I love what youve got to say.
    But maybe you could a little more in the way of content so people could connect with it better.
    Youve got an awful lot of text for only having one or 2 pictures.
    Maybe you could space it out better?
    bandarqq
Добавить комментарий
Ваше имя: *