Goal24.uz » Transfer » “Manchester Siti” yetakchi, “Barselona” kuchli uchlikda, “Real” top-5 da ham yo‘q. So‘nggi 10 yillikda transferlarga eng ko‘p pul sarflagan jamoalar

“Manchester Siti” yetakchi, “Barselona” kuchli uchlikda, “Real” top-5 da ham yo‘q. So‘nggi 10 yillikda transferlarga eng ko‘p pul sarflagan jamoalar

Автор: admin

Transfermarkt portali so‘nggi o‘n yil ichida transferlarga eng ko‘p pul sarflagan jamoalar reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, birinchi o‘rin “Manchester Siti”niki bo‘ldi. Ingliz klubi ortda qolgan dekadada 281 o‘yinchiga jami 1,53 milliard funt sarflagan.
Ikkinchi o‘rinda “Chelsi” (1,43 mlrd) qayd etilgan bo‘lsa, kuchli uchlikka “Barselona” (1,38 mlrd) yakun yasadi.
Ro‘yxatda yettita jamoaning ko‘rsatkichi milliard funtlik dovondan o‘tgan.
So‘nggi o‘n yil ichida transferlarga eng ko‘p pul sarflagan jamoalar:
1. “Manchester Siti” — 1,53 milliard funt sterling.
2. “Chelsi” — 1,43 mlrd.
3. “Barselona” — 1,38 mlrd.
4. “Yuventus” — 1,3 mlrd.
5. “Manchester Yunayted” — 1,24 mlrd.
6. PSJ — 1,19 mlrd.
7. “Real” — 1,05 mlrd.
8. “Liverpul” — 986,18 mln.
9. “Atletiko” — 981,72 mln.
10. “Inter” — 917,61 mln.
144   
Добавить комментарий
Ваше имя: *