Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Manba: Messi Ispaniya Superkubogi yarimfinalida maydonga tushmaydi

Manba: Messi Ispaniya Superkubogi yarimfinalida maydonga tushmaydi

Автор: admin

Lionel Messi «Barselona»ning Ispaniya Superkubogi yarimfinali doirasidagi «Real Sosedad»ga qarshi uchrashuvini o‘tkazib yuboradi, deya xabar bermoqda ESPN.
Manbaning yozishicha, argentinalik futbolchi La Liga doirasidagi «Granada»ga qarshi uchrashuvdan (4:0) keyin o‘zini yaxshi his qilmayapti. Kataloniyaliklar hujumchisi Ronald Kuman qo‘l ostidagi ertalabki mashg‘ulotlarda ham ishtirok etmagan.
Ma’lumot uchun, «Real Sosedad» - «Barselona» uchrashuvi bugun, 13 yanvar kuni o‘tkaziladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 01:00ga belgilangan. Yarimfinal doirasidagi ikkinchi juftlikda «Real» 14 yanvar kuni «Atletik»ga qarshi maydonga tushadi.
68   
Добавить комментарий
Ваше имя: *