Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Manchester Siti»ning kirdikori fosh bo‘ldi

«Manchester Siti»ning kirdikori fosh bo‘ldi

Автор: admin

"Manchester Siti" klubi Angliya premyer-ligasi qoidalarini buzganlikda ayblanmoqda. "The Athletic" tarqatgan xabarga ko‘ra, "shaharliklar" 2011 yilda klub akademiyasi futbolchisi Gabriel Almeydaning otasini ishga qabul qilishgan.

Futbolchining otasi skaut lavozimiga qabul qilingan, ammo u bunday vazifani bajarmagan. Jamoa Almeydalar oilasiga pul to‘lash maqsadida shunday ishga qo‘l urishgan. APL qoidasiga ko‘ra, futbolchi 16 yoshga to‘lgandagina professional shartnoma imzolash huquqiga ega. Gabriyel esa o‘sha paytda 14 yoshda bo‘lgan. "Siti" o‘yinchining otasini ishga qabul qilish orqali futbolchi bilan norasmiy shartnoma "imzolagan" va unga pul to‘lab borgan.

"Klub menga bir yil davomida pul to‘ladi, ammo men ishlamadim. Ochig‘ini aytsam, ular bizni aldashdi, chunki men ingliz tilini bilmayman. Ular meni hattoki skautlar kursiga o‘qishga yuborishdi. Men bu kurslarga 2 marta bordim xolos. Men hech narsa qilmaganman. Bu aldov. "Siti" bu haqda biladi, bunga ishonchim komil", – dedi Almaydaning otasi "The Athletic"ga bergan intervyusida.

Ma’lumotlarga qaraganda, "Siti" Almeydalar oilasiga oyiga 1000 funt maosh to‘lab kelgan.
Manba: isport.ua
85   
Добавить комментарий
Ваше имя: *