Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Atletiko» Dembelening transferini rasmiylashtirdi

«Atletiko» Dembelening transferini rasmiylashtirdi

Автор: admin

Bir qator ommaviy axborot vositalari va insayderlarning xabar tarqatishicha, «Atletiko» 13 yanvar kuni «Lion» hujumchisi Mussa Dembelening transferini rasmiylashtirdi.

Mazkur ijara yarim yilga mo‘ljallangan bo‘lib, madridliklar 24 yoshl futbolchini yozda to‘liq sotib olishlari mumkin. «Atletiko» ijara uchun «Lion» 1,5 mln yevro to‘laydi. "Matraschilar" transfer uchun 33,5 mln yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, klublar o‘rtasidagi kelishuvda yana 5 mln. yevro ko‘zda tutiladi.

Mavsum-2020/21da Dembele «Lion» tarkibida barcha musobaqalar doirasida 10ta uchrashuvda maydonga tushib, 4ta gol urdi.
Manba: sport24.ru
66   
Добавить комментарий
Ваше имя: *