
90min portali 2020/21-yilgi mavsum yakunida erkin agent maqomini oladigan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzib chiqdi.
![]()
Terma jamoadan o‘rin olgan barcha futbolchilarning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida o‘z yakuniga yetadi. Ularning ayrimlari o‘z klubi bilan kelishuvni uzaytirishga yaqin turibdi.
Darvozabon: Janluiji Donnarumma (“Milan”);
Himoyachilar: David Alaba, Jerom Boateng (ikkisi — “Bavariya”), Serxio Ramos (“Real Madrid”);
Yarim himoyachilar: Jorjinyo Veynaldum (“Liverpul”), Luka Modrich (“Real Madrid”), Hoqon Chalxono‘g‘lu (“Milan”), Memfis Depay (“Lion”), Anxel di Mariya (PSJ);
Hujumchilar: Serxio Aguero (“Manchester Siti”), Lionel Messi (“Barselona”).