Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Elitada ularga joy yo‘q: APLni tark etishi kerak bo‘lgan taniqli futbolchilar

Elitada ularga joy yo‘q: APLni tark etishi kerak bo‘lgan taniqli futbolchilar

Автор: admin

Angliya Premyer Ligasi – dunyoning eng kuchli futbol chempionati sifatida qabul qilinadi. Tabiiyki, u yerda dunyoning eng yaxshi futbolchilari jamlangan, kuchli raqobatda yutib chiqish esa hammaga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun tumanli albiondagi futbolchilar sport formasini ushlab turish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi. Boisi bir martaga murabbiyning ishonchi yo‘qotilsa, uni qayta tiklash deyarli imkonsiz. Afsuski, bunday holatga tushib qolganlarning soni kam emas. Quyida aynan ana shunday murabbiyning ishonchini yo‘qotgan va APLni tark etishi tobora oydinlashayotgan taniqli futbolchilar haqida fikr yuritiladi.
Kepa Arrisabalaga (“Chelsi”), klub bilan shartnomasi 2025-yilgacha mo‘ljallangan

Foto: Twitter
Ro‘yxatni Kepadan boshlamaslik shunchaki kulgili bo‘lardi, boisi dunyoning eng qimmat posboni o‘z darvozasi tomon yo‘llangan zarbalarning deyarli barchasini o‘tkazib yuboradi. Darvozabon o‘tgan mavsumda yo‘llangan zarbalarning atigi 53,6 foizini bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgan, bu istalgan golkiper uchun dahshatli ko‘rsatkichdir. Jamoaga yangi qo‘shilgan Eduard Mendi uni shunchaki zaxiraga mixlab qo‘ydi. Frenk Lempard Kepaga shu darajada ishonmaydiki, agar Mendi jarohat olsa yoki diskvalifikatsiya qilinsa ham, uning o‘rniga ispaniyalikni emas, balki 39 yoshli Villi Kabalyero yoki faoliyatini tiklagan 38 yoshli Petr Chexni maydonga tushiradi.
Markos Alonso (“Chelsi”), klub bilan shartnomasi 2023-yilgacha mo‘ljallangan

Foto: Getty Images
Ikki yil oldin Transfermarkt himoyachining narxini 45 million yevroga baholagan edi, hozir esa bu ko‘rsatkich 13 million yevroga teng. Bunga Alonsoning naq 14 turdan beri hatto zaxira o‘rindig‘idan ham joy ololmayotgani izoh bo‘lishi mumkin. Natijada, “Real” tarbiyalanuvchisi hozirda “Atletiko”ga ketish haqida o‘ylamoqda.
Aleksandr Zinchenko (“Manchester Siti”), klub bilan shartnomasi 2024-yilgacha mo‘ljallangan

Foto: Getty Images
O‘tgan mavsumda kutilgan o‘yinni namoyish eta olmagan Zinchenko 2020/21-yilgi birinchilikda ham aytarli imkoniyatlarga ega bo‘lmayapti, maydonga tushsa ham ko‘proq xatolari bilan yodda qolmoqda. Gvardiola esa uning o‘rniga Benjamin Mendi yoki Joau Kanseloni ma’qul ko‘rmoqda.
Jerdan Shakiri (“Liverpul”), klub bilan shartnomasi 2023-yilgacha mo‘ljallangan

Foto: Twitter
Shakiri maydonga tushishi uchun jamoaning yulduzlari qatorasiga safdan chiqishi lozim. Noyabr—dekabr oylarida “Liverpul” jarohatlar iskanjasida qolganida ham Shakiri asosiy tarkibdan joy ololmadi. O‘tgan mavsumda u APLda ikki marta asosiy tarkibda maydonga tushgan bo‘lsa, ushbu mavsumda birorta o‘yinni ilk daqiqalardan boshlamadi. “Liverpul”da asosiy hujum uchligi allaqachon shakllanib bo‘lgan: Mane—Firmino—Saloh, shuningdek, triodan aslo qolishmaydigan Diogu Jota ham o‘z vaqtini kutishga majbur. Shakiriga esa shunchaki maydonda joy yo‘q.
Dele Alli (“Tottenhem”), klub bilan shartnomasi 2024-yilda o‘z nihoyasiga yetadi

Foto: Getty Images
Alli Mourinyo “Tottenhem”ga kelganida juda yaxshi natijalarga erishgandi, ammo keyinchalik u zaxira o‘yinchisiga aylanib qoldi. 2020-yilning sentabr oyida “Tottenhem” haqida hujjatli film efirga chiqdi. Epizodlarning birida esa Mourinyoning Dele Alliga maktab o‘quvchisiga bo‘lgani kabi tanbeh berayotgani aks ettirildi. Xuddi o‘sha sentabrdan keyin Dele Alli Premyer Liga o‘yinlarini biror marta ham asosiy tarkibda boshlamadi. Hatto Mourinyo uni omma oldida tanqid qilgan vaziyatlar ham kuzatildi.
Donni van de Bek (“Manchester Yunayted”), klub bilan shartnomasi 2025-yilgacha mo‘ljallangan

Foto: Goal
2019-yilda Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqqan “Ayaks” ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak. Ushbu tarkibdan “Barselona” de Yongni, “Yuventus” de Ligtni, “Chelsi” Ziyoshni, “Manchester Yunayted” esa van de Bekni sotib oldi. So‘nggi transfer g‘alatiroq bo‘lib chiqdi, chunki Sulsher o‘zi sotib olgan futbolchini zaxiraga o‘tqazib qo‘ydi. Niderlandiyalik futbolchi Premyer Ligadagi debyut uchrashuvida gol ham urgandi, biroq shundan so‘ng u g‘oyib bo‘ldi, qo‘ydi. Bugungi kunga qadar yarim himoyachi Premyer Liganing faqat bitta uchrashuvini asosiy tarkibda boshladi. Qiziq holat, naq 39 million yevroga xarid qilingan futbolchi deyarli imkoniyat berilmay, zaxira futbolchisiga aylantirildi.
Jesse Lingard (“Manchester Yunayted”), klub bilan shartnomasi 2022-yilgacha mo‘ljallangan

Foto: Twitter
Agar van de Bek zaxiradan bo‘lsa-da, bir qancha o‘yinlarda maydonga tushgan bo‘lsa, Lingard tamomila hisobdan chiqarildi. U APLning 2020/21-yilgi mavsumida birorta o‘yin o‘tkazmadi va faqatgina 4-marta qaydnomaga kiritildi. Hozirda uning “Real Sosyedad”, “Zenit”, “Sheffild” yoki “Portu”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar yuribdi.
Shkodran Mustafi (“Arsenal”), klub bilan shartnomasi 2021-yilning yozigacha mo‘ljallangan

Foto: Twitter
Jahon chempioning ahvoliga havas qilib bo‘lmaydi. Germaniyalikning klubda hisobda nechanchi markaziy himoyachi ekanligini aytish mushkul. Premyer Liganing ushbu mavsumidagi o‘yin vaqti inobatga olinsa, quyidagicha jadval yuzaga keladi:
  • Holding (1214 daqiqa)
  • Gabriel (1052 daqiqa)
  • David Luis (481 daqiqa)
  • Pablo Mari (270 daqiqa)
  • Kolashinas (90 daqiqa)
  • Mustafi (44 daqiqa).
Nikolya Pepe (“Arsenal”), klub bilan shartnomasi 2024-yilgacha mo‘ljallangan

Foto: Twitter
Bir yarim yil oldin “Arsenal”ga 79 million yevroga tushgan (klub tarixidagi rekord transfer) futbolchi hozirda jamoaga bir millionlik ham foyda keltirgani yo‘q. Futbolchiga ko‘p marotaba imkoniyat berilgan, ammo u bulardan foydalana olmagan. “Arsenal”ning hozirgi murabbiyi Arteta esa futbolchilar bilan ortiqcha pachakilashib o‘tiradiganlardan emas. Fakt o‘rnida shuni aytish kerakki, Pepe ketma-ket uch marta asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘yinda “Arsenal” g‘alaba qozona olmadi, shundan so‘ng futbolchi uch bor zaxirada qoldirildi – klub esa aynan shu uchrashuvlarda g‘alabani tantana qildi.
Mesut O‘zil (“Arsenal”), klub bilan shartnomasi 2021-yilgacha mo‘ljallangan

Foto: Getty Images
O‘zilning “Arsenal”dan ketishi mavzusi qanchalik eskirgan bo‘lmasin, usiz ushbu ro‘yxat to‘liq bo‘lmasdi. Arsen Venger bilan iliq munosabatlarga ega bo‘lgan O‘zil aynan uning istagi tufayli “to‘pchilar” bilan shartnomani uzaytirgandi. Biroq oradan 50 kun o‘tib, Venger jamoadan ketishini e’lon qildi. Undan keyin kelgan murabbiylarga esa (Emeri va Arteta) yarim himoyachi kerak bo‘lmay qoldi. Ingliz matbuoti esa tez-tez O‘zilning maoshiga (haftasiga 350 ming funt) to‘xtalib turadi. Mesutning o‘zi jamoaga yordam berishni istashini va unga imkoniyat berilmayotganidan nolisa, Arteta unda yetarlicha vaqt bo‘lganini, biroq O‘zilning bundan foydalana olmaganini ta’kidlaydi.
115   
Добавить комментарий
Ваше имя: *