Goal24.uz » O'zbekiston » O‘FA ayollar futbolida kelishilgan o‘yinlar va totalizatorga oid faoliyatga aloqadorligi aniqlangan bir qator shaxslarni jazoga tortdi

O‘FA ayollar futbolida kelishilgan o‘yinlar va totalizatorga oid faoliyatga aloqadorligi aniqlangan bir qator shaxslarni jazoga tortdi

Автор: admin

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) ayollar futbolida kelishilgan o‘yinlarda qatnashish va totalizatorlik faoliyati bilan shug‘ullanishda aybdor deb topilgan bir qator shaxslarni jazoga tortdi.

Futbol sohasida faoliyat yuritgan sobiq mutaxassislar hamda ushbu sohaga aloqador bo‘lmagan shaxslar tomonidan “Guli” (Navoiy), “Navbahor” (Namangan), “Metallurg” (Bekobod) va “Bunyodkor” (Toshkent) ayollar klubi vakillarining ko‘rsatmalariga asosan ularga haq evaziga kelishilgan o‘yinlarda qatnashish va totalizatorlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha taklif bilan chiqilganligi ma’lum bo‘ldi, deya xabar qilmoqda O‘FA matbuot xizmati.
O‘rganishlar natijasida ayrim futbolchi va mutaxassislar yuqorida tilga olingan shaxslarning takliflariga rozilik bildirib, o‘ziga aytilgan noqonuniy vazifalarni bajarganligi ham fosh etilgan.
Aniqlangan holatlar bo‘yicha O‘FA maxsus inspeksiyasi tomonidan tegishli ma’lumotlar to‘planib, O‘FA Etika qo‘mitasiga ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun topshirilgan.
Taqdim etilgan ma’lumotlar bo‘yicha O‘FA Etika qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda ayrim futbolchi va mutaxassislar kelishilgan o‘yinlarda qatnashganligi, totalizatorlik faoliyati bilan shug‘ullangan shaxslarga yordam berganligi uchun 1 yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddatlarga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlatilgan. Mazkur qaror O‘FA tomonidan rasmiy tarzda e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
O‘FA bayonotida jazoga tortilganlar shaxsiga oydinlik kiritilmagan.
Avvalroq O‘FA Etika qo‘mitasi futbolda uchrashuvga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishuvlarda qatnashgan bir qator hakamlarga nisbatan jazo choralarini qo‘llagandi.
289   

Комментарии
(1)

  1. Albert 13 апреля 2021 08:47
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Hey there

    Meet your best Buds - True Wireless Earbuds with amazing sound, convenience, portability, & affordability!

    Order yours now at 50% OFF with FREE Shipping: musicontrol.online

    Best regards,

    Albert
    O‘FA ayollar futbolida kelishilgan o‘yinlar va totalizatorga oid faoliyatga aloqadorligi aniqlangan bir qator shaxslarni jazoga tortdi » Futbol Yangiliklari 2021
Добавить комментарий
Ваше имя: *