Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

«Tottenhem» «Vest Hem» futbolchisiga qiziqb qoldi
«Bolg‘achilar» himoyachisi Issa Diop Londonning «Tottenhem» klubi qiziqish doirasiga tushib qoldi. Katta ehtimol bilan tez orada klublar o‘rtasida muzokara boshlanishi kutilmoqda.
«Sky Sport» nashri bergan xabarlarga qaraganda, «Shporlar» fransiyalik himoychini qo‘lga kiritishni istasa, 50 million yevro to‘lashlariga to‘g‘ri keladi.
«Vest Hem» qishki transfer oynasi chog‘ida himoyachi uchun munosib o‘rinbosar topsa, transfer yanvar oyida rasman e’lon qilinadi. Eslatib o‘tamiz, Diopning klub bilan tuzgan shartnomasi 2023-yilga qadar mo‘ljallangan.
«Boka» darvozaboni trendda!
«TyC Sport» nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, Argentinaning «Boka Xuniors» klubi darvozaboni o‘z faoliyatini Yevropaning top klublaridan birida davom ettrishi mumkin.
Manbaning ma’lum qilishicha, darvozabonning o‘yinlarini «Yuventus», PSJ va «Atletiko Madrid» jamoalari skautlari kuzatib bormoqda.
Darvozabonning shartnomadagi badan puli 25 million yevroni tashkil etsada, «Boka» o‘z darvozabonini 40 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Jiru uchun xaridorlar aniq
Londonning «Chelsi» klubi hujumchisi qishki transfer oynasi chog‘ida Londonni tark etishni rejalashtirmoqda”-deb xabar bermoqda TMW nashri.
Ayni damda hujumchining hizmatlariga Italiyaning «Inter» va Fransiyaning «Bordo» klublari jiddiy qiziqib qolga. Fransiya klubi «Chelsi» hujumchining maoshini bir qismini to‘lashda davom etsa, bir mavsumga ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Agarda, «Chelsi» bunga rozi bo‘lmasa, fransiyalik hujumchining keying jamoasi «Inter» bo‘ladi. Milan shahri jamoasi futbolchiga kichikroq maoshdagi 2 yillik shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Agarda, Jiru kichikroq maosh evaziga ham «Inter»da to‘p surishni istasa, ushbu transfer yanvay oyining birinchi haftasidayoq amalga oshishi aniq.
«Real Madrid» Pogbani qishda xarid qilmaydi
«Manchester Yunayted» yarim himoyachis Pol Pogbaning Madrid jamoasiga o‘tishi katta savol ostida qolmoqda.
Futbolchining agenti Mino Rayolaning xabar berishicha, «qirollik klubi» Valverdening o‘yinidan ko‘ngli to‘q va tez orada «Real Sosiyedat»da ijara asosida to‘p surayotgan Martin Edogorni ham ortga qaytarmoqchi. Shu sababli, jamoa yarim himoya chizig‘I uchun futbolchi sotib olishga xojat yo‘q deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pol Pogba va klub o‘rtasidagi shartnoma 2021-yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, «Manchester Yunayted» yarim himoyachini 100 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
«Barselona» o‘z futbolchilarni sotishni boshladi
«Mundo Deportivo» nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, «Barselona» jamoasi o‘z futbolchilarining bir yo‘la uchtasini sotuvga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Klub sport direktori Erik Abidalning so‘zlariga tayandigan bo‘lsak, qishda jamoani Todibo, va Nelson Samedular tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan. Ayni damda ushbu himoyachilardan jamoaning ko‘ngli to‘lmayapti.
«Mundo Deportivo» nashrining bergan ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, Samedu Portugaliya grandalaridan biriga o‘tsa, Todibo «Milan» Italiyaga yo‘l olishi kutilmoqda.
258   

Shuningdek tavsiya qiling

24-12-2019, 08:10

Transfer olamidagi yangiliklar

18-12-2019, 21:07

Transfer olamidagi yangiliklar

Добавить комментарий
Ваше имя: *