Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Jiru «Inter»ning “qilig‘idan” hafa bo‘ldi

Jiru «Inter»ning “qilig‘idan” hafa bo‘ldi

Автор: admin

Angliya OAVsi yozishicha, Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Olivye Jiru qishki transfer bozorida «Inter» safiga o‘tishiga ishongan edi, shu bois, italiyaliklar bu taklifni rad etganligi uchun qattiq xafa bo‘ldi.
Avvalroq, «Inter» «Chelsi» Olivye Jiruni sotmaslikka qaror qilganligi sababli, ushbu transfer amalga oshmagani haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq, OAVning yozishicha, vaziyat umuman boshqacha bo‘lgan.
«Inter» haqiqatdan ham Olivye Jiru bilan shartnoma imzolash uchun tayyor bo‘lgandi, barcha hujjatlarni tayyorlab qo‘ygandi. Biroq, so‘nggi pallada «Inter» Yang, Mozes va Eriksenlarni sotib olganligi sababli, italiyalik Jiruni o‘yindan chiqarib qo‘ygan.
Shu sababli, Jiru “Inter” rahbariyatidan qattiq xafa bo‘lganini, agar yozgi transfer bozorida yana qiziqishadigan bo‘lsa, u holda ular bilan muzokara olib bormasligini bildirgan.

111   
Добавить комментарий
Ваше имя: *