Goal24.uz » O'zbekiston » Italiyadan Polshagacha. O‘zbekistonlik legioner futbolchilar qaysi davlatlarda to‘p surmoqda?

Italiyadan Polshagacha. O‘zbekistonlik legioner futbolchilar qaysi davlatlarda to‘p surmoqda?

Автор: admin

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan (1991-yilda) hech qancha o‘tmasdan futbol terma jamoasi Xirosimada (Yaponiya) o‘tkazilgan 1994-yilgi yozgi Osiyo o‘yinlarida g‘alaba qozonadi. Shundan so‘ng o‘zbekistonlik futbolchilarning legioner sifatidagi faoliyati ham boshlanib ketadi. Hozir ham o‘zbekistonlik futbolchilarning legioner sifatidagi faoliyati kundan kunga o‘z geografiyasini kengaytirib bormoqda. Bugungi kunda 20 dan ortiq o‘zbekistonlik futbolchilar legioner sifatida Osiyo va Yevropa klublarida faoliyat olib bormoqda. “Daryo” quyida o‘zbek legionerlari haqida material (Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra) tayyorladi.
Koreya yarim orolidagi o‘zbek futbolchilari
O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo qit’asidagi asosiy raqobatchilaridan biri bo‘lgan Janubiy Koreya so‘nggi yillarda o‘zbekistonlik futbolchilarni o‘z chempionatiga jalb eta boshladi. Ayni paytda Koreyada 6 nafar o‘zbekistonlik to‘p tepmoqda. Bular: Oleg Zoteyev (“Chonnam Dragons”), Jamshid Iskandarov (“Sonnam”), Ikrom Aliboyev (“Seul”), Rustam Ashurmatov “Kanvon”, Islom Kenjaboyev (“Cheju Yunayted”), shuningdek, hozirda erkin agent maqomida bo‘lib turgan Doston Tursunov ham 2019/20-yilgi mavsumni Koreyada o‘tkazdi.

Foto: “Sonnam”
Zoteyev 2020-yilgi mavsumdan boshlab quyi liga vakili “Chonnam Dragons” klubi sharafini himoya qilmoqda. “Paxtakor” va “Lokomotiv”dagi o‘yinlari orqali yaxshi tanilgan Iskandarov esa 2020-yilning yanvar oyidan beri “Sonnam” sharafini himoya qilib kelmoqda. Jamshid jamoasi safida Key Ligada 18 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golga assistentlik qildi.

Foto: “Seul” FK
2019/20-yilgi mavsumda deyarli o‘yin amaliyotisiz qolib ketgan Ikrom Aliboyev 2019-yilning yanvar oyidan beri “Seul” jamoasi a’zosi hisoblanadi. Poytaxtliklar bilan shartnomasi 2021-yilning oxirida yakuniga yetadigan futbolchi Koreya chempionati bahslarida 42 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Foto: “Kvanju” FK
2019-yilning fevralidan boshlab “Kvanju” safida to‘p tepgan va 2019/20-yilgi mavsumda nisbatan ishonchliroq o‘yin ko‘rsatgan (20 o‘yin, 1 tadan gol va assist) Rustam Ashurmatov esa yangi mavsumni “Kanvon” jamoasida boshlaydi. Rustam yangi jamoasi bilan 2022-yilning yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Foto: Instagram
Qarshining “Nasaf” klubida porlagan Islom Kenjaboyevni 2021-yilning fevral oyida “Cheju Yunayted” klubi o‘z safiga qo‘shib oldi. Islom hozirda yangi jamoasi bilan mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: Twitter
2019/20-yilgi mavsumni “Pusan ay Park” jamoasida o‘tkazib, 15 ta o‘yinda 1 ta gol urgan himoyachi Doston Tursunov esa ko‘ra ayni damda erkin agent bo‘lib turibdi.
Tay o‘lkasidagi Artyom Filiposyan va Sardor Mirzayev

Foto: Google Photos
O‘z vaqtida “Bunyodkor”, “Nasaf”, “Buxoro” klublarida harakat qilgan Artyom Filiposyan 2018-yildan beri o‘z omadini Tailand va Indoneziya tomonlarda axtarib yuribdi. Hozirda futbolchi Tailandning “Prachuap” klubida faoliyat yuritmoqda. Uning tay klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilning may oyida o‘z nihoyasiga yetadi.

Foto: Football Tribe
Sardor Mirzayev ham “Lokomotiv”dagi uzoq yillik faoliyatidan (2015–2020-yillar) so‘ng 2020-yilning fevral oyida Tailandning “Muangtong Yunayted” klubiga yo‘l oldi. Sardorning amaldagi klubi bilan shartnomasi 2023-yilgacha amal qiladi. Mirzayev Tailand chempionatida 17 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.
BAAdagi yarim himoyachilar

Foto: Instagram / @shukurov_o29
2018-yilning yanvar oyida BAAning “Sharja” klubiga yo‘l olgan Otabek Shukurov shu paytga qadar Amirliklar chempionatida umumiy hisobda 62 ta o‘yinda 6 ta gol va 5 ta assist qayd etgan.

Foto: Twitter
2020-yilning fevral oyida “Shabob Ah-Ahli” “Nasaf”dan Aziz G‘aniyevni sotib oldi. Aziz yangi jamoasiga tezda moslashib ketdi va asosiy tarkib futbolchilaridan biriga aylandi – 15 o‘yin, 1 ta gol va 4 ta golli uzatma. Ammo Aziz 12-fevral, shanba kuni BAA chempionatining 16-turidan o‘rin olgan “Shabob Al-Ahli” va “Al-Vahda” o‘rtasidagi bahsda jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqdi. Uning “Shabob Al-Ahli” bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilda o‘z nihoyasiga yetadi.

Foto: Twitter
O‘zbekiston Superligasining oxirgi yillardagi eng yorqin o‘yinchisi bo‘lgan Jaloliddin Masharipovni Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi “Paxtakor”da sotib oldi. Legionerlarga bo‘lgan cheklov tufayli saudiyaliklar Masharipovni qaydnomadan o‘tkaza olmadi va Aziz G‘aniyev harakat qilayotgan “Shabob Ah-Ahli”ga yozga qadar ijaraga berdi.

Foto: Twitter
“Paxtakor” yetakchilaridan yana biri Doston Hamdamov esa “sherlar” bilan shartnomasi o‘z nihoyasiga yetgach, erkin agent sifatida BAA chempionatiga yo‘l oldi. Dubayning “An-Nasr” klubi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagan Doston ham yangi jamoasida ko‘p vaqt o‘tkazmadi. “An-Nasr” uni mavsum so‘nggigacha autsayder “Hatta”ga ijaraga berib yubordi.
Belarusdagi Shahboz Umarov va Shahzod Ubaydullayev

Foto: Twitter
2019/20-yilgi mavsumda “Energetik-BGU”da porlagan Shahboz Umarov yangi mavsumni mamlakatning nomdor klublaridan bir BATEda boshladi. Shahboz hozirgacha Belarus Oliy Ligasida 30 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va 3 ta assistni amalga oshirdi.

Foto: Google Images
Belarusning amaldagi chempioni “Shaxtyor” esa yangi mavsum oldidan o‘z safiga “Metallurg” hujumchisi Shahzod Ubaydullayevni qo‘shib oldi. Soligorsk klubi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod sanalgan futbolchiga katta umid bildirayotgani aytilmoqda.
Polshaga yo‘l olgan Jasur Yaxshiboyev

Foto: “Legiya”
“Paxtakor”ning sobiq murabbiyi Shota Arveladze bilan murosa qilolmagani uchun ijara asosida “Energetik-BGU”ga yuborilgan Jasur Yaxshiboyev Belarusda yaxshigina shov-shuv ko‘tara oldi. 2019/20-yilgi mavsumning birinchi yarmini Shahboz Umarov bilan “Energetik-BGU”da o‘tkazgan Jasur ikkinchi davra avvalida “Shaxtyor”ga (ijara asosida) yo‘l oldi va yakunda soligorskliklar bilan chempionlikni tantana qildi. 2021-yilning fevral oyida esa uning transfer huquqini Polshaning “Legiya” klubi sotib oldi. Tomonlar 2023-yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolagan.
Rossiyadagi Vagiz Galiulin va Oston O‘runov

Foto: Google Images
Faoliyatining katta qismini Rossiyada o‘tkazayotgan Vagiz Galiulinning amaldagi klubi “Nefteximik” bo‘lib turibdi. Quyi ligada harakat qiladigan “Nefteximik” va Vagiz o‘rtasidagi shartnoma 2021-yilning 30-iyunida o‘z nihoyasiga yetadi. Galiulin 2020/21-yilgi mavsumda 21 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 1 ta golga hammualliflik qildi.

Foto: “Spartak” FK
Toshkentning “Lokomotiv” klubidan “Ufa”ga o‘tgan Oston O‘runov qisqa muddat ichida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatib, Rossiyaning eng nomdor klublaridan biri “Spartak”ka o‘tdi. Biroq Ostonga poytaxt klubida asosiy tarkibga kirish oson kechmayapti. 2020/21-yilgi mavsumda Oston “Spartak” tarkibida barcha musobaqalarda 9 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi. Uning moskvaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025-yilga qadar mo‘ljallangan.

Foto: Twitter
2020-yilda Moskvaning boshqa bir klubi “Lokomotiv” “Bunyodkor”dan Jasur Jaloliddinovni sotib oldi. Biroq “temiryo‘lchilar” Jasurga birorta ham o‘yin o‘tkazishga imkon bermasdan “Tambov”ga ijaraga berib yubordi. “Tambov” safida esa Jasur Rossiya Kubogi doirasida o‘tkazilgan o‘yinda bor-yo‘g‘i 44 daqiqa harakat qildi. Shundan so‘ng “Lokomotiv” va futbolchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma bekor qilindi. Hozirda Jasur Jaloliddinov erkin agent maqomida.
Chin o‘lkasidagi Odil Ahmedov

Foto: Instagram
2011-yildan beri legioner sifatida “Anji”, “Krasnodar” va “Shanxay-SIPG” kabi jamoalarda o‘ynagan Odil Ahmedov ayni paytda Xitoyning “Tyanszin Teda” klubi sharafini himoya qilmoqda. Shanxayliklar O‘zbekiston terma jamoasi sardorini mavsum yakuniga qadar ijaraga bergan. Odil shu vaqtga qadar Xitoy Superligasida umumiy hisobda 67 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 tadan gol va assistga mualliflik qilgan.
Italiya A Seriyasidagi Eldor Shomurodov

Foto: Twitter
2017-yilda “Bunyodkor”dan “Rostov”ga o‘tgan Eldor Shomurodov 2020-yilning oktabr oyida Italiyaning “Jenoa” klubiga transfer qilindi. Shu tariqa Eldor Italiya A Seriyasida to‘p tepgan ikkinchi (bungacha Ilyos Zeytullayev ham Italiya chempionatida harakat qilgan) o‘zbekistonlik o‘yinchiga aylandi. Genuyaliklar bilan 2024-yilning yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan Shomurodov hozirgacha barcha musobaqalarda 16 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
306   
Добавить комментарий
Ваше имя: *