Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Latsio» 2-o‘ringa chiqib oldi, «Atalanta» va «Milan» ochko yo‘qotdi

«Latsio» 2-o‘ringa chiqib oldi, «Atalanta» va «Milan» ochko yo‘qotdi

Автор: admin

Italiya A Seriyasi 22-turi doirasidagi navbatdagi uchrashuvlar yakunlandi. «Latsio» navbatdagi yirik hisobdagi g‘alabani rasmiylashtirgan bo‘lsa, «Milan» va «Atalanta» klublari ochko yo‘qotishdi.
«Latsio» SPAL ustidan yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi, Immobile dublga erishdi. Natijada ochkolar sonini 49taga yetkazgan Rim klubi hozircha 2-o‘ringa chiqib oldi.
 O‘z maydonidagi «Verona» bilan durangdan keyin «Milan» 32 ochko bilan 8-o‘rinda qoldi, «Atalanta» esa «Jenoa» bilan bahsdagi murosadan keyin 39 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi.
 2 fevral (yakshanba)
 Italiya A Seriyasi. 22-tur.

Latsio – SPAL 5:1
Gollar: 1:0 – 3 Immobile, 2:0 – 16 Kaysedo, 3:0 – 29 Immobile, 4:0 – 38 Kaysedo, 5:0 – 58 Adekane, 5:1 – 65 Missiroli.
Latsio – Strakosha, Radu (Vavro, 72), Bashtush, Acherbi, Latssari, Luis Alberto, Lulich (Xoni Rodriges, 61), Leyva, Milinkovich-Savich, Kaysedo (Adekane, 49), Immobile.
SPAL – Berisha, Tomovich, Bonifatsi, Felipe (Zukanovich, 67), Retsa, Kastro (Valdifori, 75), Missiroli, Dabo (Murdja, 70), Espeto, Di Franchesko, Flokkari.
 Atalanta – Jenoa 2:2
Gollar: 1:0 – 12 Toloi, 1:1 – 19, penalti Krishito, 1:2 – 33 Sanabriya, 2:2 – 35 Ilichich.
Atalanta – Gollini, Gosens, Palomino, Gimshiti, Xatebur, Gomes, de Ron, Ilichich (Muriel, 76), Pashalich (Froyler, 54), Toloi, Sapata (Malinovskiy, 63).
Jenoa – Perin, Krishito, Masello, Biraski, Gilone, Sturaro, Bexrami, Shene, Romero, Sanabriya (Kassata, 83), Pinamonti (Destro, 87).
Chetlatish: Behrami (82).
Milan – Verona 1:1
Gollar: 0:1 – 13 Faraoni, 1:1 – 29 Chalxanoglu.
Milan – Donnarumma, Teo, Kalabriya (Salemakers, 77), Romanoli, Musakko, Chalxanoglu, Kessie, Kastilexo, Bonaventura (Lukas Paketa, 64), Rebich, Rafael Leau.
Verona – Silvestri, Kumbula, Rahmani, Gyunter, Faraoni, Verre (Borini, 70), Lazovich, Zakkani, Amrabat, Pessina, Velozu.
Chetlatish: Amrabat (68).


196   
Добавить комментарий
Ваше имя: *