Goal24.uz » Transfer » Yakunlangan qishki transfer oynasidagi eng qimmat xaridlar bilan tanishing

Yakunlangan qishki transfer oynasidagi eng qimmat xaridlar bilan tanishing

Автор: admin


Qishki transfer oynasini yopilganidan xabaringiz bor. Jamoalar o‘tgan yilgiga qaraganda, ancha kamroq pul sarf qilishgan bo‘lsada, bir nechta “katta” transferlar ham amalga oshdi. Bugun ortda qolgan oy davomida eng qimmat transferga aylangan futbolchilar ro‘yxati bilan tanishtirib o‘tamiz.
Kshishtof Pyontek

Polshalik futbolchi bir nechta grandalar taklifiga qaramay, kamtarin “Gerta” jamoasini tanladi. Nemislar hujumchi uchun 27 million yevro sarf etib o‘z rekordalrini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishdi. “Milan” esa, polyakning transferidan 11 million yevro zarar ko‘rdi. Gap shundaki, “rossoneri”lar hujumchi uchun bir mavsum ilgari 38 million to‘lashgan edi.
Stiven Bergveyn


O‘zining ilk uchrashuvidayoq gol kiritishni uddalagan gollandiyalik futbolchi uchun “Shporlar” 30 millionning baxridan o‘tishdi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2025 yilga qadar amal qiladi. Eng qizig‘I shundaki, Stiven “Ayaks” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. PSVfutbolchini atigi 120 ming yevro evaziga sotib olgan edi.
Reynar

Braziliyalik tineydjer uchun “Real Madrid” “Flamengo”dan 30 millionni ayab o‘tirmadi. Zidan qaysidir ma’noda “qaymoqranglilar”ning kelajak modelini qurishni boshlab yubordi. 18 yoshli futbolchi bilan “qirollik klubi” 6 yillik shartnomaga imzo chekkan bo‘lib, bu Ispaniyada qishda amalga oshirilgan eng qimmat transferga aylandi.
Deyan Kulisevskiy

Turin supe klubi ham iqtidorli futbolchilarni jamoaga yig‘ishda davom etmoqda. Qishda klub 19 yoshli shvedni “Atlanta”dan 35 million yevro evaziga xarid qildi. Futbolchi mavsumni “Parma”da o‘z yakuniga yetkazadi va yozda to‘liqligicha Turinga ko‘chib o‘tadi. Qizig‘I shundaki, o‘z vaqtida “Atalanta” Deyanni qo‘lga kiritish uchun atigi 165 ming yevro sarf etgan xolos.
Bruno Fernandesh

“Qizil iblislar” ortda qolgan transfer oynasidagi eng qimmat futbolchini uzoq davom etgan muzokarlardan so‘ng tarkibga qo‘shib oldi. 25 yoshli Portugal jamoaning yarim himoyadagi o‘yinini kuchaytirishi tahmin qilinmoqda.
24     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *