Goal24.uz » Jahon » Ringdagi millionlar. Boks tarixidagi eng qimmat janglar

Ringdagi millionlar. Boks tarixidagi eng qimmat janglar

Автор: admin

Boks dunyoning eng mashhur va ommabop sport turlaridan biri hisoblanadi. Ko‘plab odamlar boksni (boshqa sport turlari kabi) biznes deb hisoblaydi. Ushbu gaplarda qaysidir ma’noda jon bor va boks ommaboplikdan tashqari eng ko‘p daromad keltiradigan sport hamdir. U yerda tashkillashtiriladigan birgina jangdan aql bovar qilmas darajada daromad orttirish mumkin. To‘g‘ri anglaganingizdek, quyida boks tarixidagi eng qimmat janglar haqida fikr yuritiladi.
Lennoks Lyuis — Mayk Tayson

Foto: MyMMANews
  • Jang sanasi: 2002-yil 8-iyun;
  • Jang o‘tkazilgan joy: AQSh, Tennessi, Memfis, The Pyramid;
  • Jang miqdori: 125 million dollar
  • Jang statusi: og‘ir vazn toifasida WBC kamari uchun chempionlik jangi (Lyuisning birinchi himoyasi); og‘ir vazn toifasida IBF kamari uchun chempionlik jangi (Lyuisning birinchi himoyasi); og‘ir vazn toifasida IBO kamari uchun chempionlik jangi (Lyuisning birinchi himoyasi);
  • Natija: 12 raundlik jangning sakkizinchi raundida Lyuis nokaut evaziga g‘alaba qozonadi.
Floyd Meyvezer — Oskar de la Hoya

Foto: Eurosport
  • Jang sanasi: 2007-yil 5-may
  • Jang o‘tkazilgan joy: AQSh, Nevada, Las-Vegas, MGM Grand;
  • Jang miqdori: 137 million dollar
  • Jang statusi: ikkinchi yarim o‘rta vazn toifasida WBC Jahon chempionligi uchun kechgan jang (de la Hoyaning birinchi himoyasi):
  • Natija: 12 raundlik jangda hakamlar qaroriga ko‘ra Meyvezer g‘alaba qozonadi.
Floyd Meyvezer — Saul Alvares

Foto: Boxing Scene
  • Jang sanasi: 2013-yil 14-sentabr
  • Jang o‘tkazilgan joy: AQSh, Nevada, Las-Vegas, MGM Grand;
  • Jang miqdor: 180 million dollar;
  • Jang statusi: ikkinchi yarim o‘rta vazn toifasida WBC va WBA kamarlari uchun jang;
  • Natija: 12 raundlik jangda hakamlar qaroriga ko‘ra Meyvezer g‘alaba qozonadi.
Floyd Meyvezer — Menni Pakyao

Foto: Vbet News
  • Jang sanasi: 2015-yil 2-may
  • Jang o‘tkazilgan joy: AQSh, Nevada, Las-Vegas, MGM Grand;
  • Jang miqdori: 550 million dollar;
  • Jang statusi: Yarim o‘rta vazn toifasida WBA Super, WBC, WBO va The Ring kamarlari uchun chempionlik jangi;
  • Natija: 12 raundlik jangda Meyvezer bir ovozdan g‘olib deb topiladi.
Floyd Meyvezer — Konor Makgregor

Foto: Google Images
  • Jang sanasi: 2017-yil 26-avgust
  • Jang o‘tkazilgan joy: AQSh, Nevada, Paradays, T-Mobile arenasi;
  • Jang miqdori: 630 million dollar atrofida;
  • Jang statusi: Maxsus WBC Money Belt kamari uchun jang;
  • Natija: 12 raundlik jangning o‘ninchi raundida Meyvezer texnik nokaut evaziga g‘alaba qozonadi.
190   
Добавить комментарий
Ваше имя: *