Goal24.uz » Jahon » Qo‘shiqchidan jurnalistgacha. Dunyo futboli yulduzlarining “ilhom parilari” kimlar? (foto)

Qo‘shiqchidan jurnalistgacha. Dunyo futboli yulduzlarining “ilhom parilari” kimlar? (foto)

Автор: admin

Deyarli barcha davrlarda futbol muxlislarini o‘yinchilarning faoliyatidan tashqari ularning shaxsiy hayoti ham qiziqtirib kelgan. O‘tgan gal dunyoning eng kelishgan futbolchilari haqida suhbatlashgan edik, bu safar ham chiroy va go‘zallikning juda nisbiy tushuncha ekanligini inkor etmagan holda charm to‘p ustalarining eng go‘zal rafiqalari haqida fikr yuritishga qaror qildik.
Shakira (Xerard Pikening rafiqasi)

Foto: Twitter
Kolumbiyada badavlat oilada dunyoga kelgan Shakira va futbolchi Xerard Pike JARda o‘tkazilgan 2010-yilgi Jahon Chempionatida tanishib qolgan. Chempionatning madhiyasiga aylangan “Waka Waka” qo‘shig‘iga klip suratga olish jarayonida ko‘plab futbolchilar singari Pike ham ishtirok etadi. Shu tariqa ikkala yoshning sevgi hikoyasi boshlanadi. Biroq ular 2011-yilning mart oyiga kelibgina o‘z munosabatlarini rasman e’lon qiladi. Hozirda juftlik ikki nafar o‘g‘il farzandni voyaga yetkazish bilan birga baxtli hayot kechirmoqda. Bunga ularning o‘rtasidagi o‘n yoshlik farq zarracha ham xalaqit berayotgani yo‘q — Shakira 44, “Barselona” himoyachisi esa 34 yoshda.
Antonella Rokusso — Lionel Messining rafiqasi

Foto: Twitter
Antonella 1988-yilda Argentinaning Rosario shahrida ishchilar oilasida tavallud topgan. Messi va uning oilalari doimo do‘stona munosabatlarda bo‘lgan. Lionel 2009-yilda o‘z tanlovini ommaga e’lon qiladi va mahbubasini Ispaniya olib keladi. Juftlikka yaqin insonlarning so‘zlariga ko‘ra Antonella nafaqat Messining ruhiy holatiga, balki uning xarakteriga ham ijobiy ta’sir o‘tkazgan. 2017-yilda nikoh marosimini o‘tkazgan juftlik Tiago, Mateo va Chiro ismli uch nafar farzandni tarbiyalamoqda. Messi bo‘sh vaqtlarini faqat oila davrasida o‘tkazishga odatlangan, hatto do‘stlarini ham uyiga taklif qiladi.
Jorjina Rodriges — Krishtianu Ronalduning qaylig‘i

Foto: Google Photos
Rodriges 1994-yilda Ispaniyada tug‘ilgan bo‘lsa-da, o‘zini argentinalik deb hisoblaydi. Raqqosa va model sifatida tanilgan Jorjina 2016-yildan beri Krishtianu Ronaldu bilan hayot kechirib kelmoqda. Juftlikning 3 yoshli Alana Martina ismli qiz farzandi bor. Shuningdek, u portugaliyalikning surrogat (ma’lum bir ayol boshqa shaxs yoki oila uchun farzandni dunyoga keltiradi) onadan tug‘ilgan uch nafar farzandiga ham onalik qiladi. 2019-yilning noyabr oyida juftlikning maxfiy ravishda nikohdan o‘tgani haqida xabarlar yangragandi. Biroq bu xabar haligacha rasman tasdiqlangani yo‘q.
Pilar Rubio — Serxio Ramosning rafiqasi

Foto: Google Photos
Teleboshlovchi, model va aktrisa sifatida Ispaniyada katta nom qozongan Pilar Rubio 1978-yilda Torrexon-de-Ardos shahrida tug‘ilgan. U Ramos bilan Ispaniyadagi xayriya tadbirida uchrashib qoladi, Pilar birinchi bo‘lib Serxioning yoniga kelib, undan klub ramzi tushirilgan libos sovg‘a qilishni so‘raydi. Shu tariqa ularning sevgi qissasi boshlanadi. Juftlik 2019-yilga kelib, to‘y marosimini o‘tkazayotgan vaqtda ularning uch nafar farzandi bor edi. 2020-yilning iyun oyida esa Pilar Ramosga to‘rtinchi o‘g‘ilni sovg‘a qildi.
Sara Karbonero — Iker Kasilyasning rafiqasi

Foto: Twitter
1984-yilda tug‘ilgan Sara 2016-yilda “Real” va Ispaniya afsonasi Iker Kasilyasga turmushga chiqadi, juftlik bungacha ham 6 yil davomida yaqin munosabatlarda bo‘lgan. 2009-yilda dunyoning eng maftunkor sport jurnalisti deb topilgan Karbonero va Kasilyasning hayotiga faqat havas qilish mumkin edi. Ammo 2019-yilda ular hayotning katta sinoviga duch keladi: Kasilyas miokard infarktini boshdan kechirgan bo‘lsa, Saraga saraton tashxisi qo‘yiladi. Biroq juftlik o‘zida kuch topadi va hayotga qaytadi. Sara muvaffaqiyatli operatsiya qilinadi, Iker esa hatto futbolchilik faoliyatini ham tiklashga erishadi. Bu vaqtga kelib, ularning ikki nafar o‘g‘il farzandi bor edi.
“Mening ba’zi narsalarga bo‘lgan qarashlarim o‘zgardi, ko‘p narsalarni qadriga yetadigan bo‘ldim”, — degandi Kasilyas o‘shanda.
148   
Добавить комментарий
Ваше имя: *