Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Xosep Gvardiola Yevropa va Angliyaning eng kuchli klublari nomini aytdi

Xosep Gvardiola Yevropa va Angliyaning eng kuchli klublari nomini aytdi

Автор: admin

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining ketma-ket 20 ta o‘yindan buyon g‘alaba qozonib kelayotgani haqida fikr yuritdi.
Biz qo‘lga kiritgan natijalarimizdan qoniqyapmiz, buni inkor etib bo‘lmaydi. Agar buni avval hech kim uddalay olmagan bo‘lsa, demak, bu qiyin vazifa.
Biroq oxir-oqibat sovrinni boshing uzra ko‘tarish yoki ko‘tarmaslik masalasi muhim bo‘lib qoladi. Shunday ekan biz xotirjam o‘tirib, hammasi yaxshi ekani haqida gapira olmaymiz. Oldinda kam bo‘lmagan ishlar turibdi va yana-da yaxshiroq natija ko‘rsata olishimizga ishonaman.
Yevropaning eng yaxshi jamoasi — “Bavariya”. U yutib olishi mumkin bo‘lgan barcha sovringa ega chiqdi. Angliyada esa “Liverpul” chempion hisoblanadi, shu sabab hozirda eng yaxshi jamoa aynan u.
Agar tojni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsang, g‘alaba qozonishinga to‘g‘ri keladi. Fevral yoki mart oyida hech kim chempion bo‘lmaydi. Hali 36 ochkolik yo‘l turibdi, bir hafta ichida ko‘p ochko yo‘qotish mumkin. Raqiblar kuchli.
Xosep Gvardiola, “Manchester Siti” bosh murabbiyi
Eslatib o‘tamiz, “shaharliklar” barcha musobaqalar doirasida ketma-ket 20 ta o‘yindan g‘alabali seriya qayd etmoqda. Bu Angliya klublari orasida rekord hisoblanadi, Yevropa top-5 ligalarida esa eng yaxshi uchinchi natija.
91   
Добавить комментарий
Ваше имя: *