Goal24.uz » Jahon » Ramzan Qodirov: “Hamzat Chimayev UFC’dan ketmaydi va oxirigacha kurashadi”

Ramzan Qodirov: “Hamzat Chimayev UFC’dan ketmaydi va oxirigacha kurashadi”

Автор: admin

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov yarim o‘rta vazn toifasida harakat qiluvchi UFC jangchisi Hamzat Chimayevning faoliyatini yakunlash qaroridan qaytarganini aytdi.
Men unga bu yangilikdan butun chechen xalqi xafa bo‘lganini aytdim. Uning g‘alabalari bizning yoshlarga umid berishi, ularni ilhomlantirishini Hamzatga eslatib qo‘ydim.
Agar muxlislarga uning qaytishini kutish kerak bo‘lsa, u holda biz sabrsizlik bilan uning oktagonga qaytishini kutamiz.
Yaqinda u Chechenistonga keladi, shu yerda tiklanish jarayonini o‘tkazadi, yig‘inlarda qatnashadi va mashg‘ulotlarni boshlaydi.
Bu shuni anglatadiki, Hamzat ketmaydi, u qoladi va oxirigacha kurashadi! Hamzat Instagram’dagi murojaatida “yurak va tanam “bo‘ldi” deyapti”, — degandi. Biroq chechen ruhi va g‘alaba bo‘lgan ishtiyoq unga “olg‘a!” deydi.  Shu sabab men aniq bilaman, Hamzat UFC kamarini oladi va zo‘rlar ichida zo‘rligini isbotlaydi. Muxlislarni duoda bo‘lishga va yaratgandan unga sog‘liq so‘rashga chaqiraman.
Ramzan Qodirov, Checheniston rahbari
Avvalroq Chimayev Instagram sahifasida faoliyatini yakunlamoqchi ekanini ma’lum qilgandi.
76   
Добавить комментарий
Ваше имя: *