Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Immobile yangi mavsumni London grandi safida boshlashi mumkin

Immobile yangi mavsumni London grandi safida boshlashi mumkin

Автор: admin

Mourino uni xohlayapti.
"Latsio" hujumchisi Chiro Immobile faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Daily Star nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 31 yoshli italiyalik futbolchiga "Tottenxem"dan jiddiy qiziqish paydo bo‘la boshlagan. "Shporlar" Chironi yozda jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan Xarri Keyn o‘rniga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Immobileni shaxsan jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino tarkibda ko‘rishni istamoqda. Ammo "Tottenxem" rahbariyati yoshi kattaroq hujumchini sotib olishga unchalik ham xohish bildirmasligi mumkin.
Immobile joriy mavsum "Latsio" safida 28 ta o‘yinda ishtirok etdi va 19 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
88   
Добавить комментарий
Ваше имя: *