Goal24.uz » Jahon » #Instasurat: Oila davrasidagi Ronaldu va Shahram, vaksina olgan Pele hamda AQSh prezidentidan iqtibos keltirgan Shohjahon Ergashev

#Instasurat: Oila davrasidagi Ronaldu va Shahram, vaksina olgan Pele hamda AQSh prezidentidan iqtibos keltirgan Shohjahon Ergashev

Автор: admin

“Goal24.uz” dunyo va o‘zbek sporti yulduzlarining Instagram tarmog‘ida obunachilari bilan bo‘lishgan eng so‘nggi suratlari va yangiliklarini taqdim etadi.
Shahram G‘iyosov ota-onasi bilan birga tushgan suratini sahifasiga joyladi: “Ota-onangiz yonida o‘tgan har bir daqiqani qadrlang va ularning duolarisiz kuningizni boshlamang”

Foto: Instagram
Krishtianu Ronaldu oilasi bilan: “Qimmatli onlar”

Foto: Instagram
Devid Bekhem “Inter Mayami” akademiyasi faoliyat boshlaganini ma’lum qildi va buni maktabdagi birinchi kunga qiyosladi

Foto: Instagram
Habib Nurmagomedov do‘sti Islom Mamedov, amakivachchasi Abubakar va menejeri Ali Abdulaziz bilan

Foto: Instagram
Shohjahon Ergashev otasi bilan tushgan surat ostida AQSh sobiq prezidenti Avraam Linkolndan iqtibos keltirdi: “Kim bo‘lsang ham eng zo‘ri bo‘l”

Foto: Instagram
Server Jeparov Andijonda yosh futbolchilarni kuzatmoqda

Foto: Instagram
Ikrom Aliboyev Myunxenda. Yaqinda futbolchi Germaniyada jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgandi

Foto: Instagram
“Tottenhem” ayollar jamoasi futbolchisi Aleks Morgan navbatdagi surati bilan muxlislarini xushnud etdi

Foto: Instagram
Ruslan Chagayev hali ham formasini yo‘qotmagan

Foto: Instagram
Filippe Koutinyo dekabrda tug‘ilgan farzandi Xose bilan birgalikda tushgan suratini e’lon qildi

Foto: Instagram
Braziliyalik futbol afsonasi Pele koronavirusga qarshi vaksina olganini ma’lum qildi va odamlardan karantin qoidalariga amal qilishni so‘radi

Foto: Instagram
268   
Добавить комментарий
Ваше имя: *