×
Eng sara sara yangiliklar Telegram kanalimizda
A’zo bo'lish
Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Liverpul» Salohning dubli evaziga «Uotford»ni mag‘lub etdi

«Liverpul» Salohning dubli evaziga «Uotford»ni mag‘lub etdi

Автор: admin


Angliya Premer-ligasi 17-turiga start bergan o‘yinda «Liverpul» o‘z maydonida «Uotford»ni mag‘lub etdi.
APL peshqadami «Liverpul»ga turnir jadvalida eng so‘nggi o‘rinni egallab turgan jamoani mag‘lub etish oson bo‘lmadi. 
O‘yinning 38-daqiqasida Mane tomonidan oshirilgan uzatmadan keyin Muhammad Saloh hisobni ochdi – 1:0.
Ikkinchi bo‘limda Mane hisobdagi farqni ikkitaga oshirgan edi, ammo bu gol VAR tizimi orqali bekor qilindi.
O‘yinning 90-daqiqasida Saloh dublga erishdi. Bu safar ham VAR tizimi ishga tushgan bo‘lsa-da, gol inobatga olindi – 2:0
Ushbu g‘alabadan keyin Yurgen Klopp boshchiligidagi «Liverpul»ning ochkosi 49taga yetgan bo‘lsa, «Uotford» 9 ochko bilan musobaqaning yaqqol autsayderi sifatida qoladigan bo‘ldi.
APL. 17-tur. 14 dekabr (shanba)
Liverpul – Uotford 2:0
Gollar:
Saloh 38, 90.
79     
Реклама
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *