Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. “Yuventus” o‘z maydonida “Latsio”dan ustun keldi, Moratadan dubl

A Seriya. “Yuventus” o‘z maydonida “Latsio”dan ustun keldi, Moratadan dubl

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 26-turida “Yuventus” 6-mart, shanba kuni o‘z maydonida “Latsiyo”ni qabul qildi.
Bellashuvning 14-daqiqasida Xoakin Korrea mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Turinliklar bunga 39-daqiqada Adriyen Rabyoning goli bilan javob qaytardi. Tanaffusga jamoalar 1:1 hisobi bilan yo‘l oldi.
Ikkinchi bo‘limning 57 va 60-daqiqalarida Alvaro Morata ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol etib, dublga erishdi —3:1. Ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi.
Mazkur g‘alabadan keyin Andrea Pirlo boshchiligidagi turinliklar ochkolari sonini 52 taga yetkazib, 3-pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa, “Latsio” (43) 7-o‘rinda bormoqda.

A Seriya

26-tur bahslari
6-mart, shanba

“Yuventus” — “Latsio” 3:1

Gollar: 0:1 – 14 Korrea, 1:1 – 39 Rabyo, 2:1 – 57 Morata, 3:1 – 60, penalti Morata.
“Yuventus”: Shensni, Demiral, Danilo, Aleks Sandro, Kuadrado (Artur, 70), Kulusevski (di Pardo, 90), Rabyo, Bernardeski, Remzi (Makkenni, 70), Kyeza (Bonuchchi, 82), Morata (Ronaldu, 69).
“Latsio”: Reyna, Marushich (Pereyra, 82), Acherbi, Hudt, Luis Alberto (Kaysedo, 82), Milinkovich-Savich, Lulich (Gabarron, 55), Leyva (Eskalante, 55), Korrea, Fares, Immobile (Muriki, 82).
Ogohlantirish: Acherbi (80).

“Spetsiya” — “Benevento” 1:1

Gollar: 0:1 – 24 Gaych, 1:1 – 71 Verde.

“Udineze” — “Sassuolo” 2:0

Gollar: 1:0 – 42 Lyorente, 2:0 – 90 Pereyra.
335   

Комментарии
(1)

  1. Hostle 7 марта 2021 17:12
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
Добавить комментарий
Ваше имя: *