Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Gosens uchun APL va A Seriyaning ikki grandi kurashadi

Gosens uchun APL va A Seriyaning ikki grandi kurashadi

Автор: admin

«Inter» va «Yuventus» «Atalanta» himoyachisi Robin Gosensga qiziqish bildirishmoqda, deb yozadi italiyalik jurnalist Nikolo Shkira o‘zining Tvitter sahifasida.
Chap qanot himoyachisi o‘z navbatida «Inter» bosh murabbiyi Antonio Konte tomonidan ishlatiladigan 3-5-2 sxemasiga mos keladi ammo bu transfer «Inter»ni sotib yuborishi mumkin bo‘lgan Suning kompaniyasiga bog‘liq. Bergamoliklar esa Gosensni 40 million yevroga sotishga rozi.
Avvalroq, "Manchester Siti" ham Gosensga qiziqish bildirgan holda, futbolchi uchun kerakli 40 million yevroni to‘lashga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. «Shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozda Gosensni Manchesterga olib kelishga harakat qiladi.
Transfer qiymati 28 million yevroga baholanadigan olmon futbolchisi ushbu mavsum 31 uchrashuv o‘tkazib, 10 gol va 6 assist amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan.
117   
Добавить комментарий
Ваше имя: *