Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. “Paxtakor” 15 daqiqa ichida 3 ta gol urib, “Nasaf”dan g‘alabani tortib oldi. “Bunyodkor”da ham g‘alaba

Superliga. “Paxtakor” 15 daqiqa ichida 3 ta gol urib, “Nasaf”dan g‘alabani tortib oldi. “Bunyodkor”da ham g‘alaba

Автор: admin

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Coca-Cola Superligasining 1-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 10-mart, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Amaldagi chempion “Paxtakor” Qarshida “Nasaf” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvni faol boshlagan maydon egalari 35-daqiqaga kelib, hisobni ochdi: Shohmalik Komilov jamoasining hujumini muvaffaqiyatli yakunladi.
Ikkinchi bo‘limning avvali ham qarshiliklarning ustunligida o‘tdi. 61-daqiqada Shokir Yo‘ldoshev “Nasaf”ning ikkinchi golini urdi. Ikkinchi bo‘limning ikkinchi yarmida “Paxtakor” faollikni oshirdi va vaziyatni o‘nglashga muvaffaq bo‘ldi. Avvaliga Sardor Rashidov penaltini golga aylantirgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Akmal Mozgovoy o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Zaxiradan maydonga tushgan Ibrohimhalil Yo‘ldoshev 87-daqiqada mehmonlarning uchinchi golini urib, “sherlar”ga irodali g‘alabani olib keldi. Shu tariqa Piter Hyuistra shogirdlari mavsumni g‘alaba bilan boshladi.
Yana bir o‘yin Toshkentda “Bunyodkor” va “Mash’al” jamoalari o‘rtasida kechdi. Unda Ibrohim Tomivaning goli “qaldirg‘ochlar”ga g‘alaba keltirdi.
Coca-Cola Superliga
1-tur bahslari
10-mart, chorshanba

“Nasaf” — “Paxtakor” 2:3

Gollar: 1:0 – 35 Komilov, 2:0 – 61 Shokir Yo‘ldoshev, 2:1 – 72, penalti Rashidov, 2:2 – 80, avtogol Mozgovoy, 2:3 – 87 Yo‘ldoshev.
“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, Husniddin Aliqulov, Shokir Yo‘ldoshev, Jo‘rabek Mannonov, Husayn Norchayev, Akmal Mozgovoy, Sherzod Nasrullayev, Shohmalik Komilov (Suhrob Nurulloyev, 80), Oybek Bozorov, Marko Stanoyevich, Umar Eshmurodov.
“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov (Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 69), Anzur Ismoilov, Sardor Rashidov, Azizbek Turg‘unboyev (Hojimat Erkinov, 46), Eren Derdiyok, Dragan Cheran (Sharof Muhitdinov, 66), Yegor Krimets, Abror Ismoilov, Sardor Sobirxo‘jayev, Farruh Sayfiyev.
Ogohlantirishlar: Ismoilov (22), Cheran (40), Krimets (48), Komilov (74), Mannonov (83).
“Bunyodkor” — “Mash’al” 1:0
Gol: 1:0 – 49 Tomiva.
“Bunyodkor”: Ravshan Yagudin, Davronjon Ergashev, Sunnatilla Abdullajonov, Sanjar Rashidov (Farrux Ikromov, 77), Xurshid G‘iyosov, Lutfulla To‘rayev, Odil Abdurahmonov (Suhrob Izzatov, 90+2), Nurillo To‘xtasinov, Ulug‘bek Abdullayev, Abdulla Abdullayev, Ibrohim Tomiva (Shahboz Erkinov, 80).
“Mash’al”: Botir Nosirov, Zafarbek Akramov (Abbos Shodmonov, 87), Najmiddin Normurodov, Ifeani Ifeani, Doniyor Usmonov (Ukeme Michel Uilyams, 55), Humoyun Murtazoyev, Jamoliddin Ubaydullayev (Xudoyorxon Sa’dullayev, 73), Sardor Abduraimov, Sirojiddin Qo‘ziyev, Samandar Shukurullayev, Muhammad Yo‘ldoshev.
Ogohlantirishlar: Rashidov (52), Ergashev (61), Murtozayev (75).
Chetlatish: Yo‘ldoshev (82).
348   

Комментарии
(1)

  1. Nazarov 11 марта 2021 17:51
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
Добавить комментарий
Ваше имя: *