
«Barselona» klubi yangi rahbariyati yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan.
As nashrining xabar berishicha, Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta yozgi transfer oynasida «Borussiya» forvardi Erling Holandni «Barsa»ga taklif etishni klub oldidagi asosiy transfer maqsad sifatida qo‘ygan.
Laporta jamoadagi moliviy muammolarga qaramay, ushbu transferni amalga oshira olishiga ishonmoqda. Bunda u futbolchining agenti Mino Rayola bilan yaqin aloqada ekanligidan foydalanmoqchi.
Ma’lumot uchun, norvegiyalik 20 yoshli forvard Bundesliga joriy mavsumida 19 o‘yinda 19ta golga mualliflik qilgan.
Комментарии(1)