Goal24.uz » Jahon » Gudyonsen: «Dunyoning eng yaxshi hujumchilari ortiq «MYU»ga o‘tishni istamaydilar»

Gudyonsen: «Dunyoning eng yaxshi hujumchilari ortiq «MYU»ga o‘tishni istamaydilar»

Автор: admin

«Chelsi» va «Barselona» klublarining sobiq hujumchi Eydur Gudyonsen «Manchester Yunayted»ning Odion Igaloni o‘z tarkibiga qo‘shib olganiga munosabatini bildirdi.
«O‘ylashimcha, Igaloning o‘tishi qishki transferlar oynasi tufayli amalga oshirildi. U eng yaxshi hujumchilardan biri deb o‘ylamayman. 
Dunyoning eng yaxshi hujumchilari ortiq «MYU»ga o‘tishni istamaydilar», – deb islandiyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
Eslatib o‘tamiz, «MYU» 30 yoshli Igaloni Xitoyning «Shanxay Shenxua» klubidan mavsum so‘ngigacha ijaraga oldi. Ushbu mavsumda nigeriyalik hujumchi «Shanxay»da 19ta o‘yin o‘tkazib, 10ta gol urgandi.


159   
Добавить комментарий
Ваше имя: *