Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Uilfrid Zaa APL o‘yinlaridan avval o‘tkaziladigan tiz cho‘kish marosimini rad etgan birinchi futbolchiga aylandi

Uilfrid Zaa APL o‘yinlaridan avval o‘tkaziladigan tiz cho‘kish marosimini rad etgan birinchi futbolchiga aylandi

Автор: admin

«Kristal Pelas» yarimhimoyachisi Uilfrid Zaa APLda o‘yin boshlanishidan avval irqchilikka qarshi kurash doirasida tiz cho‘kmagan birinchi futbolchiga aylandi. 
U «Vest Bromvich»ga (1:0) qarshi bahs oldidan qo‘llarini orqasiga qo‘yib turib, an’anaviy marosimda qatnashmadi. Qolgan o‘yinchilar esa tiz cho‘kishdi.  
Ivuarlik vinger ushbu harakatini shunday izohladi: 
«Nima uchun muhim ekanligimizni ko‘rsatish uchun tiz cho‘kishim kerak? Nega hayotimiz muhimligini isbotlash uchun  Black Lives Matter marosimida qatnashishim kerak? Bu, aksincha, kamsitish.
Bunday qilishim ikki hafta oldin  ma’lum edi. Bu yerda to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qaror yo‘q. 
Shaxsan men tiz cho‘kish marosimi kun tartibiga aylanganini his qilyapman. Endi tiz cho‘kishimiz yoki turishimiz muhim emas. Baribir haqoratlar davom etmoqda. 
O‘zgarishlarni amalga oshirayotgan Premer-liga rasmiylari, an’anani davom ettirayotgan jamoadoshlarim va boshqa klub o‘yinchilarini hurmat qilaman. 
Maktablarda yaxshi ta’lim berishni rag‘batlantirishimiz kerak, deb hisoblayman. Ijtimoiy tarmoqlarda futbolchilar, umuman boshqalarni ham haqorat qiladigan odamlarga nisbatan qattiqroq chorak ko‘rish kerak»,  — deya Zaaning so‘zlarini keltiradi The Telegraph.
120   
Добавить комментарий
Ваше имя: *