Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. Krishtianu Ronalduning het-triki “Yuventus”ga g‘alaba keltirdi

A Seriya. Krishtianu Ronalduning het-triki “Yuventus”ga g‘alaba keltirdi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 27-turida “Yuventus” 14-mart, yakshanba kuni “Kalyari” maydonida mehmon bo‘ldi
Uchrashuvning 10-daqiqasidayoq Krishtianu Ronaldu turinliklarning dastlabki golini urdi. 25-daqiqada portugaliyalik futbolchi penaltini aniq amalga oshirgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay het-trikni nishonladi.
Bunga maydon egalari 61-daqiqada Jovanni Simeonening urgan goli bilan javob qaytardi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarishsiz qoldi.
Bu g‘alabadan keyin “keksa sinyora”ning ochkolari 55 taga yetdi va jamoa 3-o‘rinda bormoqda. “Kalyari” (22) esa 17-pog‘onadan joy olgan.
A Seriya
27-tur bahsi
14-mart, yakshanba

“Kalyari” — “Yuventus” 1:3

Gollar: 0:1 – 10 Ronaldu, 0:2 – 25, penalti Ronaldu, 0:3 – 32 Ronaldu, 1:3 – 61 Simeone.
“Kalyari”: Kranyo, Godin, Cheppitelli (Klavan, 69), Rugani (Pereyro, 80), Zappa (Asamoa, 69), Nainggolan, Marin, Dankan (Deyola, 81), Nandes, Joao Pedro, Simeone (Cherri, 80).
“Yuventus”: Shensni, Aleks Sandro (Bernardeski, 34), Kyellini (Bonuchchi, 70), de Ligt, Danilo, Rabyo, Kuadrado (Frabotta, 83), Kulusevski, Kyeza (Artur, 83), Ronaldu, Morata (Makkenni, 70).
Ogohlantirishlar: Ronaldu (14), Kuadrado (18).
577   

Комментарии
(1)

  1. nnnnn 15 марта 2021 18:23
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
Добавить комментарий
Ваше имя: *