Goal24.uz » Chempionlar ligasi » YeCHL. «Bavariya» va «Chelsi» — 1/4 finalning so‘nggi ikki ishtirokchisi, «Atletiko» turnirni tark etdi

YeCHL. «Bavariya» va «Chelsi» — 1/4 finalning so‘nggi ikki ishtirokchisi, «Atletiko» turnirni tark etdi

Автор: admin

Yevropa Chempionlar Ligasida chorakfinalga yo‘l olgan so‘nggi ikki jamoaning nomi ma’lum bo‘ldi. 
Rimda yirik hisobda g‘alaba qozongan amaldagi chempion «Bavariya» «Latsio»ni Myunxenda ham mag‘lub etdi. Levandovski va Shupo-Motingning gollariga Parolo bir bor javob berdi.
«Chelsi» «Atletiko»ga javob bahsida ham imkoniyat qoldirmadi. Birinchi bo‘limda Ziyosh hisobni ochgan bo‘lsa, o‘yin so‘ngida Emerson jamoasining ikkinchi to‘pini kiritdi.
Shu tariqa 1/4 finalga chiqqan barcha jamoalar ma’lum bo‘ldi: «Liverpul», «Manchester Siti»,  «Chelsi», «Real», «Bavariya», «Borussiya» D, «PSJ» va «Portu».
19 mart kuni chorakfinalga qur’a tashlanadi.
YeCHL, 1/8 final, 17 mart
Javob bahslari
Chelsi — Atletiko 2:0
Gollar: 
Ziyosh (34), Emerson (90+4). 
Chelsi – Mendi, Jeyms, Ryudiger, Zuma, Alonso (Chiluell, 90+3), Ziyosh (Pulishich, 77), Kovachich, Xaverts (Emerson, 90+3), Kante, Aspilikueta, Verner (Hadson-Odoi, 83). 
Atletiko – Oblak, Tripper (Lemar, 69), Savich, Ximenes, Lodi (Ermoso, 46), Koke, Saul, Lorente, Karrasko (Dembele, 53), Joau Felish, Suares (Korrea, 59).
Ogohlantirishlar: Havers (30), Lodi (31), Saul (51), Ximenes (60), Koke (72).
Chetlatish: Savich (81).
Birinchi o‘yin — 1:0.
Bavariya — Latsio 2:1
Gollar:
Levandovski (33, penalti), Shupo-Moting (73) — Parolo (82).
Bavariya – Nyubel, Pavar, Boateng (Zyule, 46), Lyuka Ernandes, Alaba, Gnabri, Kimmix (Xavi Martines, 77), Sane, Goretska (Devis, 64), Myuller (Musiala, 71), Levandovski (Shupo-Moting, 71). 
Latsio – Reyna, Latssari (Parolo, 57), Radu, Acherbi, Marushich, Luis Alberto (Kataldi, 75), Eskalante (Akpa-Akpro, 84), Milinkovich-Savich, Fares (Lulich, 46), Korrea, Muriki (Pereyra, 56).
Ogohlantirishlar: Radu (26), Acherbi (31), Milinkovich-Savich (39), Goretska (48), Korrea (70).
Birinchi o‘yin — 4:1.
195   
Добавить комментарий
Ваше имя: *