Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ma’lum qilindi

Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ma’lum qilindi

Автор: admin

UEFA o‘z an’anasiga ko‘ra Chempionlar Ligasining navbatdagi haftasida eng yaxshi futbolchi nomiga da’vogarlarni e’lon qildi.

Bu nom uchun kurashda quyidagi futbolchilar nomzod sifatida ko‘rsatildi:
Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”) — “Borussiya M”ga qarshi o‘yinda 1 ta gol, 82 foiz paslar aniqligi;
Luka Modrich (“Real M”) — “Atalanta”ga qarshi o‘yinda golli uzatma, 94 foiz paslar aniqligi;
Ngolo Kante (“Chelsi”) — “Atletiko M”ga qarshi bahsda 88 foiz paslar aniqligi;
Yozua Kimmix (“Bavariya”) — “Latsio”ga qarshi bahsda 87 foiz paslar aniqligi.
G‘olib nomi 19-mart, juma kuni ovoz berish natijalari yakuniga ko‘ra aniqlanadi.
190   
Добавить комментарий
Ваше имя: *