Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Yevropa Chempionlar Ligasida hafta ramziy terma jamoasi aniqlandi

Yevropa Chempionlar Ligasida hafta ramziy terma jamoasi aniqlandi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finali javob bahslaridan o‘rin olgan so‘nggi to‘rt o‘yin 16 va 17-mart kunlari bo‘lib o‘tdi.

UEFA matbuot xizmati mazkur o‘yinlar yakuni bo‘yicha hafta ramziy terma jamoasini e’lon qildi.
Undan “Chelsi”ning to‘rt nafar o‘yinchisi o‘rin oldi. “Manchester Siti”dan uch, “Real”dan ikki, “Atalanta” va “Bavariya”dan esa bir nafardan futbolchi ramziy jamoadan joy oldi.
YChL hafta ramziy (fentezi) terma jamoasi bilan tanishing:
Darvozabon: Eduard Mendi (“Chelsi”);
Himoyachilar: Emerson, Sesar Aspilikueta (ikkalasi ham “Chelsi”), Serxio Ramos (“Real”), Joao Kanselu (“Manchester Siti”), Yozua Kimmix (“Bavariya”);
Yarim himoyachilar: Hakim Ziyosh (“Chelsi”), Luka Modrich (“Real”), Ilkay Gundo‘g‘on, Kevin de Bryuyne (ikkalasi ham “Manchester Siti”);
Hujumchi: Luis Muriel (“Atalanta”).
182   
Добавить комментарий
Ваше имя: *