
Yevropa Ligasining 1/8 finalida «Tottenhem» kutilmaganda Xorvatiyada «Dinamo» Zagrebga yirik hisobda yutqazib, musobaqani tark etdi.
Londonda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan mezbonlar javob bahsining asosiy vaqtida ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisobni tenglashtirishdi. Qo‘shimcha bo‘limda esa yana bir gol urib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Barcha gollar Mislav Orshich hisobiga yozildi.
Yevropa Ligasi, 1/8 final
Javob o‘yiniDinamo Z — Tottenhem 3:018 mart, «Maksimir»Gollar: Orshich (62, 82, 106).
Dinamo Zagreb – Livakovich, Teofil-Katrin, Ristovski (Stoyanovich, 90), Lauritsen, Franich (Leovats, 81), Ademi (Perich, 118), Yakich (Atemven, 75), Ivanushets, Mayer (Gavranovich, 81), Orshich, Petkovich (Mishich, 90).
Tottenhem – Loris, Devis (Regilon, 91), Ore (Bergveyn, 107), Sanches, Dayer, Sissoko, Uinks (Ndombele, 68), Lamela (Beyl, 60), Alli (Lo Chelso, 68), Moura (Vinisius, 85), Keyn.
Birinchi o‘yin — 0:2.