Goal24.uz » Yevropa ligasi » Yevropa ligasi chorakfinaliga qur’a tashlandi. «MYU» ispan klubiga qarshi, «Ayaks» «Roma» bilan o‘ynaydi

Yevropa ligasi chorakfinaliga qur’a tashlandi. «MYU» ispan klubiga qarshi, «Ayaks» «Roma» bilan o‘ynaydi

Автор: admin

Bugun, 19 mart juma kuni UEFAning Nondagi qarorgohida Yevropa ligasi 1/4 va 1/2 final bosqichlariga qur’a tashlandi.
Chorakfinal qur’asiga ko‘ra, «Manchester Yunayted» La Liga vakili «Granada»ga qarshi maydonga tushsa, «Arsenal» - «Slaviya», «Ayaks» - «Roma», «Dinamo» Zagreb – «Vilyarreal» juftliklari hosil bo‘ldi.
«Granada» – «Manchester Yunayted» juftligi g‘olibi yarimfinalda «Ayaks» / «Roma» bahsi g‘olibiga qarshi, «Dinamo» Zagreb / «Vilyarreal» juftligida ustun kelgan jamoa «Arsenal» / «Slaviya» bahsi g‘olibiga qarshi final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Yevropa ligasi. 
1/4 final. 8 aprel 
«Granada» – «Manchester Yunayted»
«Arsenal» – «Slaviya»
«Ayaks» – «Roma» 
«Dinamo» Zagreb – «Vilyarreal»
Yarimfinal. 29 aprel
«Granada» / «Manchester Yunayted» – «Ayaks» / «Roma» 
«Dinamo» Zagreb / «Vilyarreal» – «Arsenal» / «Slaviya»
Chorakfinalning dastlabki bahslari 8 aprel, javob uchrashuvlari esa 15 aprel kuni o‘tkaziladi. Yarimfinal o‘yinlari esa 29 aprel va 6 may kunga belgilangan.
Ma’lumot uchun, final 26 may kuni Polshadagi «Arena Gdansk» o‘yingohida o‘tkaziladi.
190   
Добавить комментарий
Ваше имя: *