Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Germaniya Kubogi. «Borussiya» Dortmund Bremenda mag‘lub bo‘lib, kubokdan chiqib ketdi, «Shalke»dan kambek

Germaniya Kubogi. «Borussiya» Dortmund Bremenda mag‘lub bo‘lib, kubokdan chiqib ketdi, «Shalke»dan kambek

Автор: admin

Germaniya Kubogidan chorakfinalga chiqqan yana 2 jamoaning nomi ma’lum bo‘ldi. «Verder» o‘z uyida «Borussiya» Dortmundni, «Shalke» esa «Herta»ni mag‘lubiyatga uchratib, chorakfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, «Shalke» 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrayotganiga qaramay, irodali g‘alabaga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha «Ayntraxt» va «Fortuna» klublari ham 1/4 finalga chiqish masalasini hal qilishgandi.
Germaniya Kubogi, 1/8 final
4 fevral
Verder – Borussiya D 3:2
Gollar: Zelke (16), Bitenkur (30), Rashika (70) – Holand (67), Reyna (78).
Verder: Pavlenka, Velkovich, Fogt, Moysander, Fridl, Eggeshtayn, Klassen, Bitenkur, Rashitsa, Zelke (Sarjent, 50), Osako. 
Borussiya D: Xits, Hakimi, Hummels, Akanji, Shuls, Brandt, Vitsel, Azar (Holand, 46), Sancho, Roys (Jan, 89), Zagadu (Reyna, 66).
Ogohlantirishlar: Bitenkur (23), Shuls (49), Roys (64), Reyna (86), Moysander (86).
Shalke – Herta 3:2
Gollar: Kalijuri (76), Harit (82), Raman (115) – Kopke (12), Piontek (39).
Shalke: Nyubel, Ochipka, Todibo (Kabak, 46), Nastasich, Kalijuri (Miranda, 90+1), Xarit, Maskarel, Gregorich, Shopf, Bujelyab (Makkenni, 60), Kutudju (Raman, 60). 
Herta: Yarsteyn, Plattenxardt (Mittelshtadt, 69), Torunariga, Shtark, Boyata, Mayer (Dilrosun, 105), Shelbred, Askasibar, Volf (Klunter, 90+1), Kopke (Lukebakio, 77), Piontek.
Ogohlantirishlar: Harit (64), Raman (80), Torunariga (85), Shelbred (103), Miranda (105+2), Ochipka (111) 
Chetlatish: Torunariga (100).


145   
Добавить комментарий
Ваше имя: *