Goal24.uz » Chempionlar ligasi » UEFA moliyaviy feyr-pley qoidalarini bekor qiladi

UEFA moliyaviy feyr-pley qoidalarini bekor qiladi

Автор: admin

UEFA moliyaviy feyr-pley qoidalarini bekor qilmoqchi. Bu haqda Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri va jurnalist Tankredi Palmeri xabar qilmoqda.
Manbalarning xabariga ko‘ra, moliyaviy feyr-pley o‘rniga yangi moliyaviy boshqaruv nazorati ishlab chiqiladi. Bu klublarga transferlarni amalga oshirishda ulkan erkinlik taqdim etadi.
UEFA prezidenti Aleksander Cheferin bu haqidagi qarorni 25-mart kuni rasman e’lon qilishi kutilmoqda.
Moliyaviy feyr-pley qoidasi 2011/12-yilgi mavsumdan beri amal qilib keladi. Unga ko‘ra, futbol klublari o‘z daromadidan ortiq mablag‘ sarflamasligi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda UEFA “Manchester Siti”ni moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlikda aybdor deb topgan va klubni ikki yilga Yevrokuboklardan chetlatgandi. Biroq keyinchalik sport arbitraj sudi bu qarorni bekor qilgandi.
183   
Добавить комментарий
Ваше имя: *