Goal24.uz » Jahon » JCH-2022 saralashi. Ispaniya 90+2-daqiqada g‘alabani ilib ketdi, Angliya Albaniyani mag‘lub etdi, Daniyadan 8ta gol

JCH-2022 saralashi. Ispaniya 90+2-daqiqada g‘alabani ilib ketdi, Angliya Albaniyani mag‘lub etdi, Daniyadan 8ta gol

Автор: admin

Yevropa qit’asida JCH-2022 saralash bahslari davom etmoqda. 
Ispaniya safarda Gruziya bilan bahs yuritib, irodali g‘alabaga erishdi. Luis Enrike jamoasi 90+2-daqiqada g‘alabani ilib ketdi. Angliya Keyn va Mauntning gollari evaziga Albaniya ustidan g‘alaba qozondi. Daniya Moldova darvozasiga javobsiz 8ta to‘p kiritdi. Armaniston Islandiyadan ustun kelib, qatorasiga ikkinchi g‘alabasiga erishdi.
JCH-2022 saralashi. Yevropa.
2-tur, 28 mart
V guruhi
Gruziya — Ispaniya 1:2

Gollar: Kvaratsxeliya (44) — Ferran Torres (56), Olmo (90+2). 
Gruziya – Loriya, Dvali, Giorbelidze, Kakabadze (Chabradze, 79), Kashiya, Lobjanidze (Shengeliya, 70), Kvaratsxeliya (Kvekveskiri, 79), Kiteyshvili (Beridze, 71), Kankava, Gviliya, Zivzivadze (Kvilitaya, 62). 
Ispaniya – Unai Simon, Porro (Lorente, 65), Erik Garsiya, Lorente (Martines, 46), Alba, Pedri, Fabian Ruis (Tiago Alkantara, 55), Ferran Torres, Buskets (Oyarsabal, 73), Xil (Olmo, 46), Morata.
Chetlatish: Shengeliya (90+3).
F guruhi
Daniya — Moldova 8:0

Gollar: Dolberg (19 penalti, 48), Damsgor (22, 29), Larsen (35), Yensen (39), Skov (81), Ingvartsen (89).
Daniya – Shmeyxel, Vestergor, Andersen, Larsen (Ker, 78), Boylesen, Shyone (Eriksen, 77), Nergor (Yonsson, 65), Damsgor, Yensen (Ingvartsen, 78), Olsen (Skov, 46), Dolberg. 
Moldova – Namashko, Yepuryanu, Armash, Ryabchuk, Arxiriy (Boloxan, 46), Ionitse, Ratsa, Karp (Kojokar, 54), Nikoleyesku (Domashkan, 75), Pletike (Yosipoy, 54), Antonyuk (Jardan, 46).
I guruhi
Albaniya — Angliya 0:2

Gollar: Keyn (39), Maunt (63). 
Albaniya – Berisha, Hyusay, Ismayli, Veseli, Memola (Gyasula, 59), Lyachi (Ramadani, 89), Bare (Memushay, 71), Uzuni, Gimshiti, Sikaleshi (Manay, 59), Broya (Lenyani, 59). 
Angliya – Poup, Maguayr, Shou, Stounz, Uoker, Rays, Fillips (Uord-Prouz, 71), Foden (Lingard, 81), Maunt, Sterling, Keyn.
J guruhi
Armaniston — Islandiya 2:0

Gollar: Barsegyan (53), Bayramyan (74).
Armeniya – Yurchenko, Oganesyan, Aroyan, Ambarsumyan, Akopyan (Bayramyan, 56), Udo (Muradyan, 81), Voskanyan, Barsegyan, Adamyan (Shagoyan, 81), Briasko (Karapetyan, 64), Grigoryan. 
Islandiya – Halldoursson, Ingason, Skulason, Sayvarsson, Arnason, Gunnarsson, Byarnason (Paulsson, 84), Gudmundsson (Traustason, 77), Sigurdsson (Sigtorsson, 56), Gudmundsson, Bedvarsson (Fridonsson, 77).
114   
Добавить комментарий
Ваше имя: *