Goal24.uz » Yevropa ligasi » Ronalduning hisobga olinmagan golidan keyin UEFA nima sababdan saralash o‘yinlarida VAR tizimidan foydalanilmayotganini tushuntirdi

Ronalduning hisobga olinmagan golidan keyin UEFA nima sababdan saralash o‘yinlarida VAR tizimidan foydalanilmayotganini tushuntirdi

Автор: admin

UEFA nima sababdan JCh—2022 saralash bahslarida VAR tizimidan foydalanilmayotganini tushuntirdi.
Portugaliya terma jamoasining Serbiyaga qarshi o‘yinida (2:2) Krishtianu Ronaldu so‘nggi daqiqalarda gol urdi, biroq hakamlar to‘p chiziqni kesib o‘tmagan deb hisoblab, uni bekor qildi.
Niderlandiyalik Danni Makkeli boshchiligidagi hakamlar guruhi ishlagan mazkur o‘yinda VAR va golni aniqlash tizimi ishlamagandi.
“UEFA 2019-yilda Jahon Chempionati saralash bahslarida VAR tizimidan foydalanish borasida FIFAga taklif kiritgandi.
Tashkiliy masalalar va logistika bilan bog‘liq muammolar VAR tizimini Yevropa Ligasi guruh bosqichida 2020/21-yilgi mavsumdan emas, 2021/22-yilgi mavsumdan joriy qilishni, shuningdek, Yevropadagi JCh—2022 saralash o‘yinlarida tizimdan foydalanish taklifini qaytarib olishga majbur qildi.
2020-yilning kuzida VAR tizimi Millatlar Ligasi guruh bosqichida ham ishlamadi. Qayd etish kerak, shu kunga qadar VAR tizimi saralash bosqichining hech qaysi o‘yinida ishlatilmadi”, — deyiladi UEFA bayonotida.
116   
Добавить комментарий
Ваше имя: *