Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Mourino yana bir futbolchining javobini berib yuboradi

Mourino yana bir futbolchining javobini berib yuboradi

Автор: admin

Joze tarkibni tozalaydi...
Joze Mourino ham tarkibni jangovar holatga keltirish uchun yozgi transferlar vaqtida jiddiy o‘zgarishlar qo‘l urmoqchi.
Xususan, portugaliyalik mutaxassis o‘ziga kerak bo‘lmagan o‘yinchilarni sotib yuboradi. “Tottenxem”dan ketadiganlar ro‘yxatiga belgiyalik himoyachi Tobi Alderveyreld ham kiritildi.
32 yoshli himoyachining londonliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi. Shunga qaramay, klub uni 15 million evroga qo‘yib yubormoqchi. Tobiga o‘z mamlakatidan “Bryugge” xaridor bo‘lmoqda.
Alderveyreld joriy mavsumda Angliya premer-ligasida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqib darvozasini bir marta ishg‘ol qilishga ham erishdi. U 2016 yildan beri “Tottenxem” sharafini himoya qilib kelmoqda.
92   
Добавить комментарий
Ваше имя: *