Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. “Navbahor” safarda OKMKga yutqazib qo‘ydi, “Paxtakor”da esa g‘alaba

Superliga. “Navbahor” safarda OKMKga yutqazib qo‘ydi, “Paxtakor”da esa g‘alaba

Автор: admin

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 4-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 2-aprel, juma kuni bo‘lib o‘tdi.
“Paxtakor” o‘z maydonida Metallurg”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 23-daqiqada Eren Derdiyok hisobni ochdi, мazkur holatda hakamlar o‘yindan tashqari holatni payqamadi. 36-daqiqaga kelib esa Sharof Muhiddinov oradagi farqni oshirdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Zohid Abdullayev Sanjar Quvvatov darvozasini ishg‘ol etib, hisobni qisqartirdi.
Ikkinchi bo‘limda darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.
“Paxtakor” 4-turdan keyin 12 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Metallurg” esa (3) 11-o‘rindan joy olgan.
Olmaliqda kechgan yana bir bahsda OKMK va “Navbahor” jamoalari o‘zaro bahs yuritdi. Bellashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. OKMKning gollariga Sanjar Tursunov va Shohrux Gadoyev mualliflik qildi. Mehmonlarning goli esa Slavisha Stoyanovich hisobiga yozildi.
Mazkur g‘alabadan keyin OKMK ochkolari 7 taga yetdi. Jamoa 4-pog‘onadan joy olgan. “Navbahor” esa (4) 7-o‘rinda bormoqda.
Superliga
4-tur bahslari
2-aprel, juma

“Paxtakor” — “Metallurg” 2:1

Gollar: 0:1 — 23 Derdiyok, 0:2 — 36 Muhiddinov, 2:1 — 45+3 Abdullayev.
“Paxtakor”: 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov (6.Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 57), 7.Sardor Rashidov, 8.Azizbek Turg‘unboyev, 9.Eren Derdiyok (5.Anzur Ismoilov, 71), 10.Dragan Cheran, 15.Yegor Krimets, 19.Sharof Muhiddinov (21.Abror Ismoilov, 57), 23.Sherzod A’zamov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 34.Farrux Sayfiyev.
“Metallurg”: 12.Aleksandr Lobanov, 4.Odilbek Abdumajidov, 8.Salamat Qutiboyev, 14.Abrorbek Toshqo‘ziyev, 15.Zohid Abdullayev (11.Ivan Nagayev, 77), 21.Kamoliddin Tojiyev, 22.Shahzodbek G‘ofurbekov, 27.Ixtiyor Toshpo‘latov (34.Yevgeniy Makeyev, 86), 28.Stanislav Andreyev, 55.Akbar Ismatullayev, 98.Damir Temirov (48.Dilshod Rahmatullayev, 83).
Ogohlantirishlar: Kamoliddin Tojiyev 27, Salamat Qutiboyev 54.
Chetlatish: Yegor Krimets 70.

OKMK — “Navbahor” 2:1

Gollar: 1:0 — 26 Tursunov, 1:1 — 44 Stoyanovich, 2:1 — 71 Gadoyev.
OKMK: 35. Valijon Rahimov, 77.Dilshod Ahmadaliyev, 15.Abbos Otaxonov, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov, 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov, 4.Mirjamol Qosimov (Sanjar Shoahmedov 72), 94.Elvin Fortes (Husniddin G‘ofurov, 46), 18.Aleksandr Kasyan, 11.Murod Toshmatov (67 Shohrux Gadoyev).
“Navbahor”: 1.O‘tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 10.Quvondiq Ro‘ziyev, 11.Islombek Isoqjonov, 17.Ehsoni Payshanbe (Shohruh Mahmudhojiyev, 74), 19.Mirzohid G‘ofurov, 22.Igor Golban, 24.Davron Hoshimov, 67.Marko Putinchanin, 70.Abbos G‘ulomov (Nikola Tasich, 79), 88.Slavisha Stoyanovich (Zabihillo O‘runboyev, 82).
Ogohlantirishlar: Isoqjonov (87), Rahmonov (85), Tursunov (78), Payshanbe (73). Hoshimov (51).
95   
Добавить комментарий
Ваше имя: *