Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Holand, Lukaku, Keyn. "Manchester Siti" Agueroning o‘rniga kimni sotib olishi mumkin?

Holand, Lukaku, Keyn. "Manchester Siti" Agueroning o‘rniga kimni sotib olishi mumkin?

Автор: admin

"Siti" jiddiy o‘ylab ko‘rishi kerak: Agueroning o‘rnini kim bosa oladi? Yaqinda "Manchester Siti" klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar bilan xayrlashayotgani ma’lum bo‘ldi. Serxio Aguero "shaharliklar" lagerini 2020/21 mavsum oxirida tark etadi. Faxriy argentinalik futbolchi 384 o‘yinda 257 gol urgan va Manchesterda o‘tkazgan 10 yillik ajoyib mavsumida to‘rt marta ingliz tojini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Agueroni almashtirish oson ish emasligi aniq va "Siti" hozirda biror-bir nomzodni ko‘z ostiga olib qo‘yishi ta’lab etiladi. "Shaharliklar" uchun juda ko‘p imkoniyatlar mavjud: shayxlar har doim katta sarmoyalar kiritishga tayyor, ammo bunda ikkinchi savol tug‘iladi: ular foyda keltiradimi? - bu katta savol. Hozir biz sizlar bilan "Manchester Siti" kelayotgan yozda o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkin bo‘lgan futbolchilar haqida suhbatlashamiz.
Erling Holand

Hech kimga sir emaski, Holand kelayotgan yozda "Borussiya"ni tark etib, top-klublardan biriga o‘tishni kutmoqda. Erlingda bunga haqiqatan ham sabablar bor: chunki "arilar" keyingi yilda hatto Chempionlar Ligasida qatnashishi ham so‘roq ostida bo‘lib turibdi. Aslida Erling Dortmund klubini Bundesligada kuchli to‘rtlikkacha sudrab kelgan odam desak adashmaymiz, chamamizda. Norvegiyalik futbolchi joriy mavsumda ancha sermahsulligini namoyish etib kelmoqda. Holand Germaniya chempionatida hozirgacha 21 uchrashuvda, 21 gol urishni uddaladi(1ta penalti). To‘purarlar poygasida norvegiyalik Levandovskidan keyin ikkinchi o‘rinda turibdi va yigitcha qat’iyat bilan to‘prar bo‘lishni maqsad qilgan.
Inglizlarning The Telegraph nashri allaqachon "shaharliklar" 20 yoshli hujumchiga qiziqishi haqida xabar bergan. "Siti" esa yosh hujumchi uchun ajoyib taklif tayyorlamoqchiligi haqida aytmoqda. O‘sha yerda Erlingning otasi Alf-Inge Holand 2000 yildan 2003 yilgacha bo‘lgan vaqt davomida yashagan va nega uning o‘g‘li ham Manchesterning moviy rang tomoniga bormasligi kerak. Bundan tashqari, Premer-ligada - norvegiyalik bir necha bor o‘ynashni xohlashini aytgan edi va rivojlanish uchun APL eng qulay joy ekanligini ham ta’kidlab o‘tgandi.
Ammo, Holand kamida 120 million yevroga baholanmoqda va hujumchining transfer qilmoqchi bo‘lgan jamoalar ham talaygina: "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Real" va "Barselona" kabi jamoalar Erling uchun xaridor bo‘lmoqda. Ushbu xaridda "shaharliklar"ga jiddiy raqobat tug‘diradigan bitta jamoa bor. Bu - "Real Madrid". Futbolchining o‘zi ham "qaymoqranglilar" safiga qo‘shilmoqchiligi haqidagi gapi, vaziyatni yanada chigallashtiradi. Ammo "Siti" eng yaxshi kelishuvni tuzishga va futbolchining agenti Mino Rayolani jalb qilishga qodir. Shunday ekan bu transferni amalga oshishi ehtimoldan yiroq emas.
Denni Ings

"Shaharliklar" Denni Ingsni tarkibiga qo‘shib olishi ancha oson kechishi mumkin. Forvard joriy mavsumda "Sautgemton"da o‘zini yorqin ko‘rsatdi. Futbolchi "avliyolar" safiga 2019 yilning yozida "Liverpul"dan ko‘chib o‘tgan edi. 2019/20 yilgi mavsum boshidan buyon ingliz futbolchisi 52 uchrashuvda 30 ta gol urib, terma jamoaga nomzod futbolchi ekanligi haqida eslatib qo‘ydi. Hozirda Ings APLning eng yaxshi futbolchilridan biri bo‘lib turibdi.
28 yoshli hujumchining shartnomasi bilan bog‘liq vaziyat haligacha noma’lumligicha qolmoqda. Chunki klub va Denni o‘rtasidagi shartnoma 2022 yil yozida yakuniga yetadi. Hozircha futbolchi yangi kelishuv haqida gaplashishni xohlamayapti. Chunki, angliyalik futbolchi Chempionlar Ligasida o‘ynashni xohlashi va shu sabab "Sautgemton" safidan ketishi mumkinligi haqida yashirmayapti. Agar, futbolchi haqiqatdan ham ketishni istasa, unda "avliyolar" Ingsni sotib yuborishga to‘g‘ri keladi. Sababi, 2022 yilda, klub futbolchini erkin agent sifatida qo‘yib yuborishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Ammo Denni "Man Siti" safida Agueroning o‘rnini to‘liq bosa oladimi yoki yo‘qmi, bu dargumon.
Harri Keyn

Keyn o‘z gollari qatorini, sovrinlar bilan ham to‘ldiradigan vaqt kelganga o‘xshaydi. Sababi, angliyalik futbolchi deyarli har yili "Tottenxem" jamoasining to‘purari bo‘lib kelsa-da, sovrinlar javoni doimo bo‘sh qolaveradi. "Shaharliklar" tarkibiga qo‘shilish esa eng yaxshi variant bo‘lishi mumkin. Yaqinda Harri Yevropa chempionatidan so‘ng kelajagi haqida o‘ylashini aytdi. Taniqli mutaxasis Roy Kin Harrini qudrat va kuchiga sha’ma qilib quyidagi fikrlarni aytib o‘tdi: "Keyn muhim turnirlarda g‘olib bo‘lish uchun jamoasini o‘zgartirishi kerak edi. U hech qachon "Tottenxem" bilan sovrin yuta olmaydi".
Matbuot bir necha yildan buyon Keynni "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkinligi haqida aytib kelmoqda. Ammo hujumchining bu transferini amalga oshishida, qandaydir muammolar to‘sqinlik qiladi. Balki, bu yil ham ushbu holat ro‘y berishi mumkin. Lekin, Keynning "shporlar"ga bog‘lanib qolgan deyish juda noto‘g‘ri. Chunki, futbolchidagi kuboklarga nisbatan bo‘lgan chanqoqligi o‘z klubini o‘zgartirishiga sabab bo‘lishi mumkin.
"Shporlar" bu mavsumda Angliya Liga Kubogi finaligacha yetib kelishdi. Bosh sovrin uchun aynan "Manchester Siti" jamoasiga qarshi o‘yin olib borishadi. Ushbu final katta ehtimol bilan Keynni taqdirini hal qiladi.
Romelu Lukaku

Agar, "Manchester Siti" Lukaku bilan shartnoma imzolasa, futbolchi birdaniga ikkala Manchester jamoasida ham o‘ynagan kam sonli futbolchilar qatorida bo‘lishi mumkin. Romelu Gvardiolaga qoyil qolishini, hamda ispaniyalik mutaxasisi bilan ishlash istagi borligini bildirgan. Bundan tashqari joriy mavsumda belgiyalik futbolchi, haqiqatdan ham A seriyada o‘z so‘zini ayta oldi. Katta ehtimol bilan, ushbu mavsumdagi "Inter"ning chempion bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Lukaku ham Endi Koul va Karlos Tevesning izidan yurishi mumkin. Mazkur futbolchilarning ikkisi ham Manchesterning ikki jamoasida ham o‘ynashga muvaffaq bo‘lgan. Romelu ham katta ehtimol bilan bu qatordan joy olishi mumkin. Belgiyalik futbolchi hozirgacha A seriyada 56 uchrashuvda maydonga tushib, 42 gol urishni uddalagan.

Yoki hech qanday futbolchini sotib olmasligi kerakmi?
"Manchester Siti"da bu variant ham bor. Sababi, pandemiya sharoitida katta mablag‘ sarflashni hech kim xohlamaydi. Klubda o‘ynayotgan futbolchilar orasida Pepda ikkita asosiy variant bor - de Bryuyneni yashirin qurol sifatida hujumchi sifatida o‘ynatish, yoki Gabriel Jezusni haqiqiy yetakchi va "qotil"ga aylantirish. Joriy mavsumda belgiyalik futbolchi ushbu pozisiyada biroz vaqt o‘ynadi: ushbu holat yaxshi natija berdi, lekin juda ham mukammal emas. Braziliyalik varianti esa unchalik ishonchli emas. Sababi, Gabriel jarohat olishi, yoki maydonga tushgan uchrashuvlarini ham golsiz tark etishi mumkin.
Jezusning statistikasi umuman yomon emas. 2016/17 yilgi mavsumda "shaharliklar" safiga qo‘shilgan futbolchi, hozirgacha APL doirasida 48 gol urishni uddalagan. Ammo, 23 yoshli futbolchi doim ham hujumda ochilavermaydi. Qayerdadir hujumchida o‘ta xotirjamlik yuz bersa, ba’zan tajriba yetishmaydi. Lekin, hujumchiga ushbu pozisiyada raqobatdosh futbolchi bo‘lsa, zarar qilmaydi.
132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *