Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. “Lokomotiv” o‘z maydonida “Qizilqum”ga ochko ulashdi

Superliga. “Lokomotiv” o‘z maydonida “Qizilqum”ga ochko ulashdi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 4-turida “Lokomotiv” 3-aprel, shanba kuni o‘z maydonida “Qizilqum”ni qabul qildi.
36-daqiqada Jamshid Hasanov Oybek Qilichevning uzatmasidan keyin mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 57-daqiqaga kelib esa Diyorjon Turopov o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan holda muvozanatni tikladi. Shundan so‘ng darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi.
4-turdan so‘ng “Qizilqum” 6 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. “Lokomotiv” 2 ochko bilan 13-o‘rinni band etgan.
Superliga
4-tur bahsi
3-aprel, shanba

“Qizilqum” — “Lokomotiv” 1:1

Gollar: 0:1 — 36 Hasanov, 1:1 — 57 Turopov.
“Lokomotiv”: 35.Javohir Ilyosov, 3.Islomjon Qobilov, 8.Javohir Siddiqov (18.Ibrohim G‘anixonov, 46), 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 14.Azizbek Omonov (27.Islom Rashidxonov, 46), 17.Sanjar Qodirqulov (5.Kaxi Maxaradze, 55), 21.G‘ulom Haydar G‘ulomov, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 37.Sherzod Fayziyev, 77.Diyorjon Turopov, 94.Xurshidbek Muxtorov.
“Qizilqum”: 1.Ignatiy Nesterov, 6.Erkin Boydullayev, 7.Oybek Qilichev (4.Mirjalol Qosimov, 83), 8.Giorgi Kuxianidze, 10.Mate Vatsadze, 17.Salim Mustafoyev, 19.Jamshid Hasanov (62.Jahongir Ergashev, 90+2), 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 23.Sherali Jo‘rayev (14.Fayzullo Qambarov, 68), 30.Elguja Grigalashvili, 75.Oleg Tolmasov.
Ogohlantirishlar: Mate Vatsadze 43, Erkin Boydullayev 58, G‘ulom Haydar G‘ulomov 68, Diyorjon Turopov 77, Oleg Tolmasov 83.
63   
Добавить комментарий
Ваше имя: *