Goal24.uz » O'zbekiston » Bir oyda penaltidan dublga erishgan Azamat Allaniyozov – Pro ligada mart oyining eng yaxshi futbolchisi

Bir oyda penaltidan dublga erishgan Azamat Allaniyozov – Pro ligada mart oyining eng yaxshi futbolchisi

Автор: admin

PFL rasmiy sayti Pro liga mart oyining eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, «Orol» jamoasi forvardi Azamat Allaniyozov oyning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan. Pro liga klublari bosh murabbiyi va sardorlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada Allaniyozov eng ko‘p ovoz olgan.
Qoraqalpog‘istonlik forvarddan tashqari, Sardor Eminov (Dinamo), Temur Mamasiddiqov (Olimpik), Marko Obradovich (Neftchi), Navro‘zbek Alimov (Orol), Akbar To‘rayev (Neftchi) singari o‘yinchilar laureat bo‘lish uchun da’vogarlar safiga kiritilgandi.
Nukusliklar forvardi o‘tgan oydagi ikki o‘yinda ikkita golga mualliflik qildi. Qizig‘i, u «Sho‘rtan» bilan bahsda (3:1) penaltidan ikkita gol urib, oy laureatiga aylandi. «Xorazm»ga qarshi (1:1) o‘yinda esa gol kirita olmadi. «Orol» 4 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.
Avvalroq, Davron Fayziyev oy laureatiga aylangani haqida xabar berilgandi.
61   
Добавить комментарий
Ваше имя: *