Goal24.uz » O'zbekiston » «Nasaf» «Turon»ni yirik hisobda mag‘lub etib, Superligadagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

«Nasaf» «Turon»ni yirik hisobda mag‘lub etib, Superligadagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Автор: admin

Superliga 4-turi doirasida Qarshida o‘tgan «Nasaf» - «Turon» uchrashuvi yakuniga yetdi.
Bu o‘yingacha ikki jamoa ham mavsumda hali g‘alaba nimaligini bilmay kelayotgandi. Qiziqarli kechgan bahsda Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari Superliga debyutantini yirik 4:0 hisobida mag‘lub etib, mavsumdagi dastlabki muvaffaqiyatni nishonlashdi.
Natijada «Nasaf» 5 ochko bilan 7-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, «Turon» 1 ochko bilan so‘nggi 14-o‘rinda qoldi.
Superliga. 4-tur. 3 aprel
«Nasaf» - «Turon» - 4:0
Hakam
: Vadim Agishev (Toshkent)
Gollar: Murodbek Xo‘jamberdiyev 35, Marko Stanoyevich 50, Sherzod Nasrullayev 80, Husayn Norchayev 86.
«Nasaf»: 1.Umidjon Ergashev, 5.G‘olib G‘aybullayev, 6.Murod Xo‘jamberdiyev, 14.Shokir Yo‘ldoshev, 15.Jo‘rabek Mannonov (4.Husniddin Aliqulov, 78), 19.Husayn Norchayev, 22.Akmal Mozgovoy, 34.Sherzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov (20.Suhrob Nurulloyev, 46), 88.Marko Stanoyevich, 92.Umar Eshmurodov.
«Turon»: 96.Islom Abdullayev, 2. Abduqahhor Hojiakbarov, 3. Davron Umirov, 5. G‘iyos Komilov, 7. Kvame Karikari (11. Asilbek Qayumov, 68), 9.Jasur Hakimov (4. Asliddin Toshtemirov, 44), 17. Muzaffar Muzaffarov, 32. Jahongir Mehmonov, 43.Kim Bo Yong (23.Abdurahmon Abdulhaqov, 61), 55. Deyan Ponevich, 77. Bilolxon Toshmirzayev.
80   
Добавить комментарий
Ваше имя: *