Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Pirlo Anelli va Allegri o‘rtasidagi uchrashuv haqida: «Maldini bilan ovqatlansam, «Milan» murabbiyiga aylanaman, degani emas»

Pirlo Anelli va Allegri o‘rtasidagi uchrashuv haqida: «Maldini bilan ovqatlansam, «Milan» murabbiyiga aylanaman, degani emas»

Автор: admin

«Yuventus» bosh murabbiyi Andrea Pirlo klub prezidenti Andrea Anelli va jamoaning sobiq ustozi Massimiliano Allegri o‘rtasidagi uchrashuvga o‘z munosabatini bildirdi.
«Prezident meni ushbu uchrashuv haqida ogohlantirdi. Futbol bilan bog‘liq bo‘lmagan narsalar bor. Allegri va Anelli o‘rtasida do‘stona aloqalar saqlanib qolgan. 

Agar men Maldini («Milan» texnik direktori) bilan ovqatlansam, «Milan» murabbiyiga aylanaman, degani emas. Anelli bilan har kuni gaplashaman. U menga ishonadi va bu xotirjamlikni kuchaytiradi. 
«Napoli» bilan o‘yin hal qiluvchi bo‘lmaydi, ammo muhim. Chempionat – uzoq davom etadigan turnir. 3 ochko olishni istagan ikki jamoa to‘qnashadi. Bosim bor. Avvaliga chempionlik uchun kurashayotgan edik, endi YeCHLga yo‘l olish uchun. Bosim ostida ekanligimizni bilamiz», – deya Pirloning so‘zlarini keltiradi Corriere dello Sport.
Ma’lumot uchun, «Yuve» bugun, 7 aprel kuni A Cyeriya 3-turining qoldirilgan o‘yinida «Napoli»ni qabul qiladi. Ikkala jamoa hisobida ham 56 ochkodan bor. To‘plar nisbatiga ko‘ra, turinliklar to‘rtinchi, neapolliklar beshinchi o‘rinni egallab turishibdi.
115   
Добавить комментарий
Ваше имя: *