Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » El-Klasikoni boshqarib boradigan hakamlar nomi ma’lum bo‘ldi

El-Klasikoni boshqarib boradigan hakamlar nomi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Ispaniya La Ligasi 30-turi doirasida kechadigan “Real” va “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga hakamlar tayinlandi.
“El-Klasiko”ni Mateu Laos boshqarib boradi. Videotakrorlarga esa Sesar Soto Grado javob beradi.
Marca xabariga ko‘ra, hakamlar qo‘mitasi avvaliga uchrashuvga Rikardo Bengoechea yoki Xose Munuera Monterani tayinlamoqchi bo‘lgan. Biroq yakunda tajribali Laos varianti tanlangan.
Mazkur jamoalar o‘rtasidagi birinchi davradagi o‘yinni Xuan Munuera boshqarib borgandi. Unda madridliklar 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgandi.
Laos so‘nggi bor La Liga 2019/20-yilgi mavsumi ikkinchi davrasida o‘tkazilgan klasikoda ishlagandi. “Santyago Bernabeu”da kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
“Real” va “Barselona” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan 10-apreldan 11-aprelga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.
86   
Добавить комментарий
Ваше имя: *