Goal24.uz » O'zbekiston » Superliga. “Navbahor” o‘z uyida so‘nggi daqiqalarda penaltidan urilgan gol evaziga “Paxtakor”ga yutqazdi

Superliga. “Navbahor” o‘z uyida so‘nggi daqiqalarda penaltidan urilgan gol evaziga “Paxtakor”ga yutqazdi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 5-turida “Navbahor” 7-aprel, chorshanba kuni “Paxtakor”ni qabul qildi.
Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Dragan Cheran mehmonlarning tezkor qarshi hujumini golga aylantirdi. Bunga namanganliklar 71-daqiqada javob qaytardi: chiroyli kombinatsiyadan keyin Islom Isoqjonov darvozani ishg‘ol qilgan holda muvozanatni tikladi.
Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Sardor Rashidov mezbonlar jarima maydonida yiqitildi. Hakam videotakrorlardan keyin penalti belgiladi. 11 metrlik jarima zarbasini Cheran muvaffaqiyatli yakunladi.
Shu tariqa Piter Hyuistra shogirdlarining g‘alabali yurishi davom etadigan bo‘ldi. “Sherlar” 15 ochko bilan peshqadamlikda davom etmoqda. “Navbahor” 4 ochko bilan 9-o‘ringa tushib ketdi.
Superliga
5-tur bahsi
7-aprel, chorshanba

“Navbahor” — “Paxtakor” 1:2

Gollar: 0:1 – 41 Cheran, 1:1 – 71 Isoqjonov, 1:2 – 90, penalti Cheran.
“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Azimjon Ahmedov, Ivan Solovyov, Quvondiq Ro‘ziyev, Islombek Isoqjonov, Ehsoni Panshanbe (Nikola Tasich, 70), Mirzohid G‘ofurov, Igor Golban, Davron Hoshimov, Marko Putinchanin, Slavisha Stoyanovich (Abbos G‘ulomov, 57).
“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Anzur Ismoilov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Sardor Rashidov, Azizbek Turg‘unboyev (Hojimat Erkinov, 46), Dragan Cheran, Sharof Muhiddinov (Humoyunmirzo Iminov,72), Abror Ismoilov, Sherzod A’zamov, Sardor Sobirxo‘jayev, Farruh Sayfiyev.
Ogohlantirishlar: Isoqjonov (22), A’zamov (45+2), Ismoilov (69), Hoshimov (76), Golban (81), Quvvatov (90+3).
128   
Добавить комментарий
Ваше имя: *