Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «MYU» autsayderga mag‘lub bo‘ldi, Pogba ham yordam bera olmadi

APL. «MYU» autsayderga mag‘lub bo‘ldi, Pogba ham yordam bera olmadi

Автор: admin

 Angliya Premer-ligasi 18-turi doirasida «Uotford» maydoniga safar qilgan «Manchester Yunayted» safarda kutilmagan mag‘lubiyatni qarshi oldi.
 Birinchi bo‘limda hisob ochilmagan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 50-daqiqasida mehmonlar posboni David de Xeaning xatosidan keyin Sarr hisobni ochdi – 1:0.
Goldan ko‘p o‘tmay, 54-daqiqada Uan-Bissaka jarima maydonida raqib futbolchisini qo‘pollik bilan yiqitdi. Belgilangan penaltini Dini aniq amalga oshirdi – 2:0.
Uch oylik tanaffusdan keyin Pol Pogba o‘yinning so‘ngi yarim soatligida maydonga tushgan bo‘lsa-da, Sulsher jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi.
 Ushbu mag‘lubiyatdan keyin «MYU» APLda 25 ochko bilan 8-o‘rinda qolmoqda, mavsumdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritgan «Uotford» esa 12 ochko jamg‘argan holda so‘nggi 20-o‘rinda qolmoqda.
 APL. 18-tur. 22 dekabr (yakshanba)
 Uotford – Manchester Yunayted 2:0
 Gollar:
1:0 – 50 Sarr, 2:0 – 54, penalti Dini.
 Uotford – Foster, Mariappa, Femeniya, Ketkart, Kabasele, Dukure (Chaloba, 69), Kapu (Pereyra, 77), Xyuz, Sarr, Dini, Deulofeu.
Manchester Yunayted – De Xea, Maguayr, Uan-Bissaka, Shou, Lindelef, Maktomini (Mata, 72), Lingard (Pogba, 64), Jeyms (Grinvud, 58), Fred, Marsyal, Reshford.


199   
Добавить комментарий
Ваше имя: *