Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Mendi ham jarohat oldi — «Real»ning «Xetafe»ga qarshi qaydnomasidan 4 himoyachi o‘rin olgan

Mendi ham jarohat oldi — «Real»ning «Xetafe»ga qarshi qaydnomasidan 4 himoyachi o‘rin olgan

Автор: admin

«Real» La Liganing 33-turidan o‘rin olgan «Xetafe» bilan o‘yinda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. 
Bu bahsda jamoaning asosiy himoyachilaridan Ferlan Mendi jarohat tufayli, Nacho sariq kartochkalar limiti bois madridliklarga yordam bera olishmaydi. 
Fransiyalik futbolchi chap soni mushaklarining shikastlanishi sababli taxminan 2 haftani o‘tkazib yuboradi. U YeCHL yarimfinali doirasida «Chelsi» bilan o‘yinlarga ham qaytmasligi mumkin.
Qaydnomadan faqat 4 himoyachi o‘rin olgan, ulardan biri — asosiy tarkibda deyarli o‘ynamagan Viktor Chust.

Darvozabonlar: Kurtua, Lunin, Altube; 
Himoyachilar: Militao, Marselo, Chust, Odriosola;
Yarimhimoyachilar: Kroos, Modrich, Valverde, Isko; 
Hujumchilar: Benzema, Asensio, Vinisius, Rodrigo, Mariano.
«Xetafe» — «Real» bahsi 18 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
102   

Комментарии
(1)

  1. samat 19 апреля 2021 13:33
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Bo'lishi mumkin
Добавить комментарий
Ваше имя: *