Goal24.uz » Chempionlar ligasi » UEFA prezidenti: «Yevropa Superligasida o‘ynaydigan futbolchilarga JCH va Yevroda o‘ynashiga ruxsat berilmaydi. Sanksiyalarni qo‘llashga tayyormiz»

UEFA prezidenti: «Yevropa Superligasida o‘ynaydigan futbolchilarga JCH va Yevroda o‘ynashiga ruxsat berilmaydi. Sanksiyalarni qo‘llashga tayyormiz»

Автор: admin

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin Yevropa Superligasi tashkil etilishini keskin qoralab, yangi turnirda to‘p suradigan futbolchilar katta turnirlarga qo‘yilmasligini ma’lum qildi.
«Yevropa Superligasida to‘p surmoqchi bo‘layotgan 12 klub futbolga qarata tupurishdi. Superligada to‘p suradigan futbolchilarga milliy jamoalari safida jahon chempionati va Yevropa chempionatida to‘p surishga ruxsat berilmaydi. Ularning milliy jamoa safidagi xalqaro turnirlarda ishtirok etishlariga taqiq qo‘yiladi. Biz mumkin bo‘lgan har qanday sanksiyalarni qo‘llashga tayyormiz.
Bunday sharmandali, faqat o‘z manfaati ko‘zlangan taklifni, ochko‘zlik deb bilaman. Bunday takliflarga qarshi turishda barchni bizni qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman», - deya Cheferinning so‘zlarini keltirmoqda Goal.
311   

Комментарии
(1)

  1. wolff 20 апреля 2021 23:36
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    superliga bekorga tuzildi nima keregi bor
Добавить комментарий
Ваше имя: *