Goal24.uz » Chempionlar ligasi » «Qo‘ynimizda ilon saqlaganimizni endi bilamiz». UEFA prezidenti Chempionlar ligasi 12ta top-klubsiz o‘tkazilishi haqida

«Qo‘ynimizda ilon saqlaganimizni endi bilamiz». UEFA prezidenti Chempionlar ligasi 12ta top-klubsiz o‘tkazilishi haqida

Автор: admin

UEFA prezidenti Aleksander Cheferin 12ta klubning Yevropa Superligasi yaratilishi haqidagi bayonotiga javoban keskin fikrlar bildirdi.
– UEFA Superligada o‘ynamoqchi bo‘layotgan ushbu 12 klubsiz Chempionlar ligasini o‘tkaza oladimi?
- Ha, albatta. Yevropada jamoalar, yaxshi klublar soni ko‘p, o‘z jamoasiga sodiq muxlislar ham talaygina.
Biz bugungi yig‘ilishda 2024 yildan amalda bo‘ladigan turnir yangilangan tizimini tasdiqladik. Biz buni bu klublar yoki ularsiz ham qila olamiz. 
- Klublarga nisbatan qachon jazo choralari qo‘llaniladi?
– Biz hozirgi vaziyatni huquqshunoslar jamoasi bilan birga baholayapmiz. Bu haqda hali gapirishga erta. Aniq bir qarorga kelganimizdan keyin bu haqda xabar beramiz.
Gap shundaki, ular yarim kechada bu haqda e’lon qilganidan keyin ertalab bunga darhol yechim topish qiyin. Biz barcha turdagi ehtimoliy sanksiyalarni ko‘rib chiqamiz. Jazo qachondan qo‘llanilishi va amalda bo‘lishi haqida hali bilmayman. 
Ehtimol, qo‘ynimizda ilon borligiga gumon qilmay, soddalik qilgandirmiz. Endi esa buni bilamiz. Tez orada qonuniy choralarni ko‘ramiz», - deya UEFA prezidenti Cheferinning so‘zlarini keltirmoqda Goal.
145   
Добавить комментарий
Ваше имя: *