Goal24.uz » Chempionlar ligasi » UEFA 2024 yildan boshlab YeCHL formatini o‘zgartirishini tasdiqladi. Yangi formatda guruh bosqichi bo‘lmaydi

UEFA 2024 yildan boshlab YeCHL formatini o‘zgartirishini tasdiqladi. Yangi formatda guruh bosqichi bo‘lmaydi

Автор: admin

UEFA 2024 yildan boshlab yevrokuboklar formatini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi. 
2024 yildan Chempionlar Ligasi ishtirokchilari soni 32tadan 36taga oshiriladi. YeCHLga chiqa olmagan elita jamoalarga yangi o‘rinlar taqdim etiladi. 

Yangi formatda guruhlar o‘rnida bitta liga bo‘ladi. Eng yaxshi 8 jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oladi. Qolganlar saralash pley-offida qatnashishadi. Yangilanadigan turnirda jamoalarga kamida 10tadan o‘yin kafolatlanadi. Shuningdek, klublarning daromadi ko‘tariladi.
Xuddi shu tarzda Yevropa Ligasi (umumiy bosqichida kamida 8 o‘yin) va Konferensiyalar Ligasi (6 o‘yin) formati ham o‘zgaradi. Keyingi muhokamalar va kelishuvlar natijasida ushbu ikki turnirdagi jamoalar soni ham 36taga yetishi mumkin.
178   
Добавить комментарий
Ваше имя: *